Birinchi fasl
Insonning o‘zi kichik bir olam
Borliqdagi ramziylikni tasdiqlab hakim zotlardan biri: «Insonning o‘zi kichik bir olam»,
deb aytgan ekan.
Hukamolardan biri yozadi: «Faraz qil, senda – kichkina bir jasadda butun olam
gavdalangan. Suyaklaring ulkan tog‘ga o‘xshab ketadi. Ularsiz tanang shubhasiz qulab-
nurab bir uyum go‘shtga aylanadi. Qoning dengizlar, tomirlaring anhorlar, soching esa
o‘t-o‘lanlar timsoli. Sochingning qalin-chigal joylari o‘rmon-changalzorlarga ishora».
Risolalarida yerni erkak, oyni ayol muqobiliga qo‘yishgan.
Bu o‘rinda esa, Xudo xohlasa, mana shu ulkan borliq bilan kichkinagina inson
o‘rtasidagi o‘xshashliklar haqida suhbatlashamiz. Alloh madad bersin!
Do'stlaringiz bilan baham: |