www.ziyouz.com kutubxonasi
24
59. Ibn Umar (r.a.) aytadi: «Allohga qasamki, men Masihi Dajjolning Ibn Sayyod
ekaniga shubha qilmayman» (Abu Dovud sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
60. Muhammad ibn Munkadirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Jobir ibn Abdullohni
(r.a.) Alloh nomiga qasam ichib:
– «Ibn Sayyod Dajjol» deganini ko‘rdim.
– Siz Alloh nomiga qasam ichyapsizmi? – deb so‘radim undan.
– Men Umarning mana shunday deb Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlarida
qasam ichganlarini eshitganman. Nabiy alayhissalom uni inkor qilmagan edilar»
(Buxoriy, Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |