www.ziyouz.com kutubxonasi
22
«Uniki chalkash-chigal bo‘lib ketibdi», degan so‘zdan unga shayton xabar olib kelishi,
hammasi aralashib ketgani tushuniladi.
53. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: «Makka yo‘lida Ibn Sayyodga hamroh bo‘ldim.
Yo‘lda u menga shunday dedi:
– Meni Dajjol deb gumon qiladigan kishilarni uchratganmisan? Axir Rasulullohning
(sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham, Makkaga ham kirmaydi», degan
so‘zlarini eshitmaganmisan?
– Ha (eshitganman), – dedim men.
– Men Madinada tug‘ilganman. Hozir Makkaga ketyapman...
So‘ng so‘zi oxirida yana shunday dedi:
– Allohga qasamki, Dajjolning tug‘ilgan joyini, makon-manzilini va qaerda ekanini
bilmaymanmi?! (Bilaman.)
Abu Said Xudriy aytadi: «U meni shubhalantirib qo‘ydi» (Muslim rivoyati).
54. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Haj (yoki umra) niyatida
chiqqanimizda oramizda Ibn Sayyod ham bor edi. Yo‘lda bir manzilga qo‘ndik. Hamma
har yoqqa tarqab ketdi. Men va Ibn Sayyoddan boshqa hech kim qolmadi. U haqda turli
gaplar aytilgani bois, yolg‘iz qolganimdan juda cho‘chidim. Ibn Sayyod narsalarini olib
kelib mening narsalarim yoniga qo‘ydi.
– Issiq qattiq (bo‘lyapti), – dedim men. – Narsalaringni anavi daraxt tagiga
qo‘ymaysanmi?
U aytganimdek qildi.
Qo‘ylar ko‘rindi. Ibn Sayyod borib, katta kosa(da sut) olib keldi.
– Ey Abu Said, ich, – dedi.
– Issiq qattiq bo‘lyapti. Sut ham issiq, – dedim. Men uning qo‘lidan sut ichishni
xohlamaganim uchungina shunday degan edim. Ibn Sayyod dedi:
– Ey Abu Said. Odamlarning men to‘g‘rimda aytayotgan gaplaridan (to‘yganim uchun)
arqon olib, daraxtga o‘zimni ossam, deyman. Sizlarga – ansorlar jamoasiga maxfiy
bo‘lmagan Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) (qaysi bir) hadislari biron kishidan
maxfiy qolibdi?! Sen Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarini eng yaxshi
biluvchilardan emasmisan?! Axir Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «U (Dajjol) kofir
bo‘ladi», demaganmidilar?! Men musulmonman-ku! Yoki: «U bepusht bo‘ladi. Undan
farzand tug‘ilmaydi», demaganmidilar?! Men Madinada farzandlarimni qoldirib
kelyapman-ku! Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Dajjol Madinaga ham,
Makkaga ham kirmaydi», degan emasmilar? Axir men Madinadan chiqib, Makkaga
ketmayapmanmi?!
Abu Said aytadi: «Hatto uni kechirib yuborishimga sal qoldi».
«So‘ng Ibn Sayyod dedi:
– Allohga qasamki, men Dajjolning qachon dunyoga kelishini va hozir qaerda ekanini
bilmaymanmi?! (Ya’ni, juda yaxshi bilaman, demoqchi.)
Abu Said aytadi:
– Abadul abad senga halokat-hasrat bo‘lsin! – dedim men unga (Muslim rivoyati).
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Do'stlaringiz bilan baham: |