Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Download 430,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/86
Sana07.08.2021
Hajmi430,02 Kb.
#140779
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

19

– Darhaqiqat, mening xabarimni (bilishga) qodir bo‘ldingiz. Aytinglar-chi, o‘zlaring 



kimsizlar? 

– Biz arablarmiz. Kemaga chiqqan edik, dengiz to‘lqinlanib bizni bir oy o‘ynadi. So‘ng 

sening orolingga yaqin kelib qolibmiz. Qayiqlarga o‘tirib, orolga tushdik. Bizga bir jundor 

– sochi ko‘p hayvon ro‘baro‘ bo‘ldi. Sochi (juni) ko‘pligidan orqasidan oldida nima 

borligini bilmadik. Unga: «Vayl bo‘lsin senga, kimsan?» deb savol berdik. «Men 

Jassasaman», dedi. «Nima u Jassasa», dedik. U aytdiki: «Dayrda o‘tirgan anavi kimsa 

oldiga boringlar. U xabaringizga mushtoq». So‘ng sen tomonga tez yo‘l oldik. Uning 

shayton bo‘lishidan qo‘rqqan edik. 

 

(G‘ordagi kimsa) dedi: 



– Menga Bayson xurmolari haqida xabar beringiz. 

– Uning nimasi haqida so‘rayapsan? – dedik biz. 

– U yerning xurmolari meva solyaptimi? 

– Ha! 


– Meva bermay qolay demayaptimi? Endi Tabariya ko‘li haqida xabar beringiz. 

– Uning qaysi narsasidan xabar berishimizni so‘rayapsan? 

– Ko‘lda suv bormi? 

– Ha, hali ko‘lning suvi ko‘p. 

– U quriy-quriy deb qolmadimi? (Endi) Zug‘ar bulog‘i haqida gapiringiz! 

– Uning nimasi haqida xabar kerak? 

– Buloqda suv bormi? Aholi uning suvi bilan ekin ekyaptimi? 

– Ha, buloqda suv ko‘p. Buloq ahli uning suvidan foydalanib ekin ekishyapti. 

– Ummiylar payg‘ambari haqida xabar beringiz! U nima qildi? 

– Payg‘ambar Makkadan chiqdi. Madinaga tushdi. 

– Arablar bilan urushdimi? 

– Ha! 


– Ularga qanday muomala qildi? 

 

Unga payg‘ambarning atrofdagi arablar ustidan g‘olib kelganini va ularning itoatga 



kirganini aytib berdik. 

– Shunday bo‘ldimi? 

– Ha. 

– Unga itoat etishlari o‘zlariga yaxshi emasmidi? (Endi) sizlarga o‘zim haqimda xabar 



beray. Men Masih Dajjolman. Chiqishga izn berilishiga yaqin qoldi, deb turibman. Qirq 

kun ichida Makka va Toyyibadan boshqa barcha qishloq (shahar)ni kezib chiqaman. 

Makka bilan Toyyiba menga harom qilingan. Qachon ularga maqsad qilsam, meni qo‘lida 

yalong‘ochlangan qilich tutgan farishta qarshilab, u yerdan to‘sadi. Uning (shaharning) 

har bir (kirish) yo‘lida farishtalar qo‘riqchilik qiladi». 

 

Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng asolari bilan minbarga urib: «Mana shu 



(er) Toyyiba (ya’ni, Madina) Axir men sizlarga mana shu gaplarni aytmaganmidim?!» 

dedilar. «Ha (aytgansiz)», deyishdi kishilar. «Tamimning so‘zlari mening Dajjol va 

Madina-Makka haqida sizlarga aytgan so‘zlarimga muvofiq kelganidan ajablandim. Ogoh 

bo‘lingizkim, u (Dajjol) Shom va Yaman dengizida. Yo‘q, balki u mashriq tomondan, 

mashriq tomondan, mashriq tomondan», deya Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 

qo‘llari bilan mashriqqa ishora qildilar». 

 



Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

 

 




Download 430,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish