kunlarga o‘z miqdor-o‘lchovini berishga kelsak, bu quyidagicha tushuniladi: o‘sha
kunning tonggi otgach, har kuni o‘lchov bilan peshin kutiladi. Odatdagi vaqtga ko‘ra
peshin kirganligi aniqlanib, namoz o‘qiladi. Peshindan so‘ng odatda asr kirishi uchun
qancha kutilsa, shuncha turilib asr o‘qiladi. Asrdan so‘ng shom kirishi uchun ilgari
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
qancha vaqt kutilgan bo‘lsa, yana shuncha muddat kutiladi-da, keyin shom o‘qiladi.
Xufton va bomdodlar ham xuddi shunday belgilanadi»
.
Menimcha, mazkur uch kunning uzunligidan murod – u kunlarda Dajjol fitnasi sababli
qattiq qayg‘urish bo‘lsa kerak. Ya’ni, kunlar qayg‘u-g‘am ko‘pligi bois yildek, oydek uzun
tuyuladi.
* * *
Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ashoblariga: «U kunlarga o‘z miqdorini
belgilaysizlar», deb javob berishlari bilan sahobalarning u kunlarni haqiqatan ham yil-oy
kabi uzun deb tushunganlarini tasdiqlamadilarmi?
Javob: Balki bu yerda shar’iy hukm bayon qilinayotgandir. Ya’ni, qutb va shimol
tomonlardagi kabi uzun kunlar musulmonlar boshiga tushsa, nima qilish lozimligi
tushuntirilgan. Yana Allohning o‘zi bilguvchiroqdir!
Savol: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qanday qilib sahobalari noto‘g‘ri
tushunsalar ham, ularni tasdiqlab, indamay qo‘ydilar?
Javob: Bu taqrir tasdiq emas. Balki o‘ta muhim shar’iy ahkomlarni bayon qilib
berishdir. Chunki kunning 24 soatdan ortiq bo‘lishi hayotda uchraydigan hodisa va ayni
mana shunday holatda namoz hukmini bayon qilib berish vojibdir.
Savol: Agar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Dajjol kunlarining uzunligini
aytayotganlarida haqiqiy emas, nisbiy (ma’joziy) uzunlikni nazarda tutgan bo‘lsalar,
nega endi ashoblariga buni ochiq aytib qo‘ymadilar?
Javob: Bu ta’riflash, ochiq-oydin bayon qilishdan ko‘ra balog‘atliroq. Bunga boshqa bir
misol keltirish ham mumkin:
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi
vasallam) ayollaridan biri u kishidan: «Qay birimiz sizga eng tez yetishamiz?» deb
so‘radi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», dedilar. Ular bir
qamishni olib, o‘lchashga kirishdilar. Savdaning qo‘li hammanikidan uzun chiqdi. Keyin
bilsak, uning uzun qo‘lliligi sadaqa qilishi (ochiqqo‘lligi) ekan. Bizning ichimizda u eng
birinchi Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam) yetishdi. U sadaqa qilishni yaxshi ko‘rar
edi» (Muttafaqun alayh).
Demak, some’lar noto‘g‘ri tushunsalar ham, ba’zan bayon-izoh bermasdan sukut
saqlash ham mumkin ekan. Ya’ni, kishilar keyinroq ishoralar orqali so‘zdan nima ko‘zda
tutilganini bilib olishadi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Eng uzun qo‘lligingiz», deganlarida faqir-
miskinlarga ko‘p sadaqa qiluvchi ma’nosini nazarda tutgan edilar. Lekin onalarimiz
so‘zning zohirini tushunib, qo‘l o‘lchashga tutinishdi. Ammo keyinroq o‘zlarining
xatolarini anglab yetdilar.
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Fikrimizga dalil sifatida yana bir misol keltiramiz:
Namrud: «Men ham kishilarga (xohlasam) hayot beraman, (xohlasam) o‘ldiraman»,
deb yolg‘on da’vo qilganida, Ibrohim alayhissalom uni yolg‘onchiga chiqarmagan edilar.
Ya’ni bu yolg‘on da’voga sukut qilganlar. Lekin sukut tasdiqlash emasdi. Ibrohim
alayhissalom uni quyidagi so‘zlar bilan mot qildi:
öΝs9r&
ts?
’n<Î)
“Ï%©!$#
¢l!%tn
zΝ↵Ïδ≡tö/Î)
’Îû
ÿ⎯ϵÎn/u‘
÷βr&
çµ9s?#u™
ª!$#
šù=ßϑø9$#
øŒÎ)
tΑ$s%
ãΝ↵Ïδ≡tö/Î)
}‘În/u‘
”Ï%©!$#
⎯Ç‘ósãƒ
àM‹Ïϑãƒuρ
tΑ$s%
O$tΡr&
⎯Ä©óré&
àM‹ÏΒé&uρ
(
tΑ$s%
ãΝ↵Ïδ≡tö/Î)
χÎ*sù
©!$#
’ÎAù'tƒ
ħôϑ¤±9$$Î/
z⎯ÏΒ
É−Îô³yϑø9$#
ÏNù'sù
$pκÍ5
z⎯ÏΒ
É>Ìøóyϑø9$#
|MÎγç6sù
“Ï%©!$#
txx.
3
ª!$#uρ
Ÿω
“ωöκu‰
tΠöθs)ø9$#
t⎦⎫ÏϑÎ=≈©à9$#
∩⊄∈∇∪
Do'stlaringiz bilan baham: