65
Xulosa.
Bitiruv malakaviy ishda berilgan mavzu bo’yicha psixologik-
pedogogik va tibbiy adabiyotlar o’rganib chiqildi.
Aqli zaif, BSF bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiya
qilish va ularni o’qitish imkoniyatlari o’rganildi.
Ishdagi korreksion-rivojlantiruvchi yo’nalishning xususiyatlarini inobatga
olib, bunday bolalarga korreksion ta’sirni amalga oshirish metod va uslublari
ishlab chiqildi.
Murakkab nuqsonli kichik maktab yoshdagi bolalarni o’qitishda
qo’llaniluvchi metod va usullarning samaradorligitekshirildi.
66
Murakkab nuqsonli bolalarni o’qitish muammolari bo’yicha maqsadga
yo’naltirilgan, o’z vaqtida ko’rsatiluvchi tibbiy, psixologik-pedogogik, ijtimoiy
ish bunday kotegoriyaga kiruvchi bolalarning shaxsiy rivojlanishi shaxs
sifatida komol topishi dinamikasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Hamda salbiy
oqibatlarning paydo bo’lishining oldini oladi. Aynan ularning faoliyati
jarayonida keyingi rivojlanish uchun implus hosil qilinadi.
Korreksion ishni tashkil qilishnimetodik taminlash uchun kiritilgan
takliflarni qo’llash, murakkab nuqsonli bolani shaxs sifatida shakllanishidagi
zaruriy shartlardan biridir. Ta’lim bolalarning psixik rivojlanishida yetakchi rol
o’ynaydi.Tibbiyot hodimlari, o’qituvchilar, tarbiyachilar, davolovchi jismoniy
tarbiya instruktorlari, surdopedagog, tiflopedagog, ijtimoiy pedagog va
psixolog kabi mutaxassislarning hamkorligidagi faoliyati o’quv jarayonini
yuqori saviyali, har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
tashkil qilishga imkon beradi. Kompleks ta’sirning asosiy maqsadi – murakkab
nuqsonli bolalarga korreksion yordam ko’rsatish. Korreksion yordam tufayli
ular jamiyatga uning teng huquqli a’zosi sifatida ko’rinishlari mumkin.
Ma’lumki, murakkab nuqsonli bolalar – anomal bolalarning, statistika
jihatdan kam sonli qismidir. Tajribali defektolog – amaliyotchilarning
tadqiqotlari va kuzatuvlariga asosan, bu bolalar maxsus ta’lim muassasalari
kontingentining o’rtacha 40% ini tashkil etar ekan.
Bu bolalarni o’rganish ularning ta’limiy ehtiyojlarini aniqlash va ularni
reabilitatsiya qilish tizimlarini ishlab chiqishning amaliy ehtiyoji katta.
Murakkab nuqsonli bolalarni o’qitish va tarbiyalash kam o’rganilgan
bo’lib, korreksion pedagogikaning qiyin muammolaridan hisoblanadi. Bunday
bolalarga yordam ko’rsatishning kompleksliligi va tizimliligi g’oyalari boy
tarixiy an’analarga ega.
O’zbekistonda diagnostika va korreksiyaga yo’naltirilgan reabilitatsion
markazlarning perspektiv modellari mavjud. Bunday turdagi markazlarning
67
tashkil qilishdan asosiy maqsad rivojlanishning turli nuqsonlariga ega bolalarga
har tomonlama yordam ko’rsatishdir. Murakkab nuqsonli bolalarni diagnostika
qilish va ularga ta’lim berish nozik differensatsiyani talab qiladi. Aqli zaif BSF
bolalarni rivojlantirish va ularga ta’lim berish uchun optimal sharoitlar
yaratish muammosi yuzaga keladi. Bu muammoni yechishga ko’pgina
muassasalar, yordamchi maktablar harakat qilmoqda.
Murakkab nuqsonli bolalar har yili 2 marta (bahor va kuzda) to’liq
dispenser ko’rigidan o’tkaziladi va natijalarga ko’ra maqsadli davolash holida
sog’lomlashtirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Ushbu maxsus muassasalarda murakkab nuqsonli bolalarni atrof-muhitga
moslashtirish, ularda ijtimoiy-maishiy ko’nikmalari shakllanishi, ularni sodda
hayotiy ko’nikmalarga o’rgatish, inklyuziv ta’lim berish, jismoniy tarbiya va
sport, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirish yoki reabilitatsiya chora-tadbirlarini
keng qo’llash ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: