O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


G‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqa koeffitsiyentining tezlik



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/118
Sana06.08.2021
Hajmi2,72 Mb.
#140410
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118
Bog'liq
yol harakati qoidalari va xavfsizligi

G‘ildiraklarning yo‘l bilan aloqa koeffitsiyentining tezlik  
va harakat xavfsizligiga ta’siri
Avtomobil yo‘llari qanday qoplama bilan to‘shalganiga, uning 
g‘adir-budurligiga, ob-havo sharoiti va boshqa omillarga qarab 
harakat xavfsizligiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, III – V darajali avtomobil yo‘lla-
rida 40 – 50 %, undan yuqori darajada bo‘lgan avtomobil yo‘llari da 


135
60 – 70 % yo‘l-transport hodisalari ilashish koeffitsiyentining pastligi 
oqibatida sodir etilar ekan.
Ilashish  koeffitsiyentiga  avtomobil  yo‘llarining  holatidan 
tashqari, shinaning xususiyatlari, avtomobil konstruksiyasi va 
ob-havo ham ta’sir o‘tkazadi, ammo avtomobil yo‘llarining 
qoplamasi eng katta ta’sir qiluvchi omil ekan. Masalan, shinaning 
konstruksiyasi va materiali 120 – 200 % ta’sir etsa, yo‘l qoplamining 
quruq yoki ho‘l bo‘lishiga qarab 150 – 500 % gacha ta’sir etadi.
Yo‘l qoplamasini g‘adir-budurligi, qoplama tarkibidagi mate-
riallarning o‘lchamlari va g‘adir-budurlik burchaklari shinalar-
ning yemirilishiga hamda g‘ildiraklarning aylanishidan vujudga 
keladigan transport shovqiniga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
G‘ildiraklarning  yo‘l  bilan  ilashish  koeffitsiyentini  ko‘pincha 
adabiyotlarda «φ» harfi bilan belgilash qabul qilingan.
Avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari 
fanida φ uch turga ajratiladi:
φ – sirpanmasdan  va  shataklanmasdan  harakatlanishdagi 
ishqa  lanish  koeffitsiyenti;  φ
1 
– sirpanishdagi va shataksirashdagi 
(bo‘y lama  yo‘nalishdagi)  ilashish  koeffitsiyenti;  φ
2
 – yonlama 
sirpanishdagi (ko‘ndalang yo‘nalishdagi) ilashish koeffitsiyenti.
Agar φ ning qiymati ma’lum bo‘lsa, φ
1 
va φ
2
 larni quyidagicha 
aniqlash mumkin:
1) φ
1
 = (0.7 
1
/

0.8)φ; 2) φ
2
 = 
ϕ
ϕ
2
1
2

 yoki φ
2
 =   (0.85
1
/

0.9) φ
1
.
φ ning qiymatiga qarab harakatlanish sharoiti quyidagi turlarga 
ajratiladi (10-jadval):
10-jadval
Qoplama holati
Harakatlanish sharoiti
φ ning 60 km/s. tezlikdagi qiymati
quruq, toza
juda qulay
0,7
quruq, toza
me’yorida
0,5
ho‘l, iflos
noqulay
0,3
muzlagan
juda noqulay
0,1 – 0,2
Transport vositalari tezligining ortishi shinalar bilan yo‘l 
qoplamasi orasidagi ilashish yuzasiga va unga tushayotgan og‘irlik 
kuchiga ham ta’sir etadi. 11-jadvalda yo‘l qoplamasining turiga va 
transport  vositalarining  tezligiga  qarab  ilashish  koeffitsiyentining 
o‘zgarishi keltirilgan.
11-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tezlik ortgani sari ilash-
ish  koeffitsiyentining  qiymati  kamayib  borar  ekan.  Ilashish 


136
koeffi t siyentining kamayishi tormoz yo‘lining ortishiga olib ke-
ladi. Demak, haydovchi harakatlanish tezligini tanlayotgan-
da  xavf siz lik  oralig‘ini  saqlashi  uchun  ilashish  koef fitsiyenti 
kichik bo‘lgan yo‘l sharoitida tezlikni kamaytirishi kerak. 
Lekin kuz va bahor paytlarida 70 %, yoz kunlarida esa 30 % ga-
cha  YTH  ilashish  koeffitsiyentining  yetishmasligi  oqibatida  so-
dir bo‘lishi ga qaramay, haydovchilar tezlikni tanlashda xatoga yo‘l 
qo‘yar ekan. AQSHda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l 
qoplamasi ning ho‘l bo‘lishi tezlikning 3 – 5 km/s ga va muzlash esa 
20 km/s ga kamayishiga olib kelar ekan.
11-jadval
Qoplama turi
Tezlik, km/s
10
20
30
40
50
60
70
80 90 100
Ho‘l qoplamadagi ilashish koeffitsiyenti
Sement-beton
0,60 0,56 0,54 0,50 0,46 0,42 0,41 0,40 0,38 0,36
Asfalt-beton
0,58 0,53 0,48 0,44 0,40 0,37 0,33 0,30 0,30 0,29
Qora-chaqiq tosh
0,54 0,44 0,37 0,33 0,30 0,29 0,27 0,25 0,24 0,23
G‘adir-budur qora-chaqiq tosh 0,60 0,59 0,58 0,56 0,54 0,52 0,50 0,48 0,46 0,44
Haydovchilar uchun turli xil yo‘l sharoitlarida xavfsiz tezlikni 
tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilayotganida va yo‘l larning 
ilashish  koeffitsiyenti  kichik  bo‘lgan  joylarni  aniqlash  uchun  ular 
haqida ma’lumotlar zarur bo‘ladi.
Ilashish koeffitsiyentining qiymatlarini aniqlash uchun xilma-xil 
usul va asboblardan foydalanish mumkin.
Bugungi  kunda  ilashish  koeffitsiyentining  qiymatlarini  aniqlash 
uchun Moskva avtomobil-yo‘llar instituti (texnika universiteti) 
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan rotatsion tur dagi kichik hajmli 
asbob – dinometrli tirkamalardan tashqari bugungi zamon texnika 
taraqqiyotiga asoslangan aniqlik darajasi eng yuqori bo‘lgan 
elektron asboblar mavjud.
Ammo ATX sharoitida bunday asboblar bo‘lmaganligi uchun 
xo‘jalikning  harakat  xavfsizligi  xizmati  xodimlari  ilashish  koeffi-
tsiyen tini aniqlashning eng oddiy bo‘lgan usullarini bilishlari shart.
Bunday  usullardan  biri  ilashish  koeffitsiyentini  «Desselograf» 
asbobi yordamida aniqlashdir. Buning uchun «Desselograf» 
avtomobilining biron-bir joyiga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi 
(ko‘pin 
cha peshoynaga). Avtomobil ma’lum bir tezlikkacha 
tezlashtirilib, so‘ng tormoz tepkisini keskin bosib (shoshilinch 
tormoz berish) to‘xtatiladi. Desselografdan avtomobilning tormoz-


137
lash  davridagi  sekinlashishi  (j)  aniqlanadi.  Ilashish  koeffitsiyenti-
ning qiymatini quyidagi formula yordamida topiladi:
ϕ
ϕ
2
1
2

;
bu yerda: g = 9.81 m/s
2
 – erkin  tushish  tezlanishi.
Agar desselograf asbobi bo‘lmasa, tajribalar aynan oldingi 
usuldagidek qaytariladi. Lekin ikkinchi usulda tormoz yo‘lining 
uzunligi aniqlanadi. Tajribalar bir necha marta qaytarilib, tormoz 
yo‘lining (S
T
)  o‘rtacha  qiymati  topiladi.  Ilashish  koeffitsiyentining 
qiymati esa quyidagicha topiladi:
ϕ=
V
S
T
2
254
;
bu yerda: V  –  avtomobilning tormozlash vaqtidagi tezligi, km/s.
Ilashish  koeffitsiyentining  haqiqiy  qiymatlarini  aniqlash  xavfsiz 
tezlikni va yo‘lning ilashish koeffitsiyentining past bo‘lgan joylarini 
aniqlashdan tashqari, YTH bo‘yicha sud yoki xizmat ekspertizasini 
o‘tkazish davrida asosiy ma’lumotlardan biri hisoblanadi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish