7.2. Qorong‘ida va har xil ob-havo sharoitida
avtomobilni boshqarish
Kunning yorug‘lik yetishmaydigan paytida ob-havo sharoiti
(yomg‘ir va tuman) haydovchiga xavfsiz harakatlanish uchun
boshqa paytlardagiga qaraganda ko‘proq qiyinchiliklar tug‘diradi.
Bunday sharoitda haydovchi: yo‘lning yoritilgan bo‘laklaridagi
yaqinni yorituvchi chiroqlarni, yo‘lning yoritilganligidan qat’i nazar,
tirkamalarning gabarit chiroqlarini yoqishi kerak.
Kunning yorug‘lik yetishmaydigan paytida tuman xavfsiz
harakatlanishga juda katta ta’sir etadi. Tumanda haydovchi yo‘l
sharoitini yaxshi ko‘rishga intilib, juda tez charchaydi. Oq rang li
faralarning nuri tumanda yutilib ketib, yo‘lni deyarli yorita olmaydi
(yaqinni yorituvchi fara uzoqni yorituvchi faraga qaraganda yo‘lni
biroz yaxshiroq yoritadi).
Tumanda harakatlanganda eng yaxshisi tumanga qarshi
faralardan foydalanish kerak. Sariq rangdagi va asosiy faradan
pastda joylashgan tumanga qarshi yorituvchi chiroqlar yo‘lni
yaqinni yorituvchi faralardan ham ko‘proq yoritib beradi.
76
Qalin tuman tushganida ba’zi haydovchilar yo‘lni yaxshiroq
kuzatish uchun boshlarini eshik oynasidan chiqarib oladilar.
Bunday sharoitlarda eng xavfsiz tezlik piyodaning o‘rtacha tezligiga
(5 km/s) teng bo‘ladi.
Suv (namlik) bug‘lanishi oqibatida vujudga kelgan tuman ham
juda xavfli bo‘ladi.
Bunday tumanning balandligi odatda 1m bo‘lib, haydovchi yo‘l
qoplamasining holatini ko‘ra olmaydi.
Qor va qor bo‘roni ham ko‘rinishni yomonlashtiradi. Bunday
sharoitlarda ham past tezlikda harakatlanish maqsadga muvofiqdir.
Yomg‘ir (shovillab yoki mayda yog‘ayotgan) yo‘l qoplamasi
holatining ko‘rinishini o‘zgartirib yuboradi.
48-rasm. Nurning ko‘zgusimon
qaytishi.
Avtomobilning faralaridan yo‘l
qoplamasiga tushayotgan yorug‘lik
nurining qaytishi ko‘zgusimon
qaytish deb ataladi (48-rasm). Ya’ni,
nur yo‘l qoplamasiga qanday
burchak ostida tushsa, taxminan
shunday burchak ostida qaytadi.
Nurning bir-birini yutishi oqibatida
yo‘l qoplamasining ravonligi yaxshidek ko‘rinadi. Yo‘ldagi qoramtir
tusdagi to‘siqlarni ko‘rish juda ham yomonlashadi.
Yo‘l qoplamasi ho‘l bo‘l
ga
nida oq rangdagi belgilar, yo‘l
chiziqlari va xavf
sizlik orolchalari kabilarni, hatto kunduz
kuni ham yaxshi anglab bo‘lmaydi, kunning yorug‘lik nuri
yetishmaydigan paytlari to‘g‘risida aytmasa ham bo‘ladi. Yo‘l
qoplamasi ho‘l bo‘lganida g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish
koeffitsiyentining kamayib ketishini ham unutmaslik kerak.
Kunning yorug‘lik nuri yetishmaydigan paytlarida xavfsizlikni
ta’minlash uchun bir qancha tavsiyalar va avtomobilni boshqarish
usullari ishlab chiqilgan.
1. Eng birinchi tavsiya, malakasiz haydovchilar iloji boricha
tunda yo‘lga chiqmaslikka harakat qilishlari kerak.
2. Agar haydovchi tunda ishlaydigan bo‘lsa, bunga har tomon-
lama tayyorlanishi, u avtomobilning texnik holatini har tomon lama
tekshirib chiqishi kerak, chunki tunda texnik nosozlik larni aniqlash
77
ancha murakkab va ko‘p vaqtni oladi (ayniqsa, avto
mo
bilning
harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi mexanizm va qismlari).
3. Agar haydovchi tanish bo‘lmagan yo‘nalish bo‘yicha harakat-
lanishiga to‘g‘ri kelsa, yo‘l bilan har tomonlama tanishib chiqi-
shi kerak. Bunda u yo‘ldagi chorrahalar, xavfli burilishlar, aholi
punktlari (aholi yashaydigan joy) va boshqa yo‘lga xizmat ko‘rsatuv-
chi obyektlarning joylashuviga alohida ahamiyat berishi kerak.
4. Agar ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi chirog‘ini
o‘chirmasa, u holda chiroqni o‘chirib-yoqib uni ogohlantirish kerak.
5. Agar ro‘paradan kelayotgan avtomobilning chirog‘i haydov-
chining ko‘zini qamashtirib qo‘ysa, u hushyorlikni va osoyishtalikni
yo‘qotmagan holda, falokat chirog‘ini yoqishi va harakat yo‘lagini
o‘zgartirmay tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi kerak.
6. Agar ro‘paradan kelayotgan avtomobilning chirog‘i o‘chiq
yoki faqat bittasi yonayotgan bo‘lsa, haydovchi hushyorlikni
oshirishi va yonlama oraliq masofani katta saqlashi kerak.
7. Kolonnada harakatlanayotganda faqat eng oldinda harakatla-
nayotgan avtomobilga (liderga) uzoqni yorituvchi chiroqdan
foydalanish ruxsat etiladi. Orqada harakatlanayotgan haydovchilar
faqat yaqinni yorituvchi chiroqdan foydalanishlari kerak.
8. Oldinda ketayotgan avtomobilni tormozlash jadalligini tunda
baholash ancha qiyin bo‘ladi, shuning uchun orqada harakatla nayot-
gan haydovchi oraliq masofani iloji boricha kattaroq saqlashi kerak.
9. Tunda ro‘paradan kelayotgan avtomobilgacha bo‘lgan maso fa-
ni va uning tezligini aniqlash ancha murakkab bo‘lgani uchun tunda
quvib o‘tish tavsiya etilmaydi.
10. Tunda qisqa muddatga to‘xtaganda ham yo‘lning qirg‘og‘iga
chi qib to‘xtash, gabarit chiroqlarni yoqib qo‘yish (yonib turgan statsio-
nar chiroq ostida to‘xtash yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi) kerak.
11. Tungi ishdan keyin va oldin haydovchi yaxshi dam olishi
kerak.
12. Agar haydovchi majburiy to‘xtaganida, falokat ishora yoki
gabarit chiroqlarini yoqib qo‘yishi, falokat sababli to‘xtash belgisi
(miltillovchi qizil chiroq)ni 10 – 15 m masofada o‘rnatishi kerak va
hokazo.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |