F I z I k a o’quv qo’llanma


 Olamnngi paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi



Download 10,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/303
Sana06.08.2021
Hajmi10,16 Mb.
#140212
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   303
Bog'liq
FIZIKA (Oquv qollanma)

30.4 Olamnngi paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi 

Hozirgi  zamon  standart  modeli  tasavvurlariga  ko‘ra  fizik  vakuum 

materiyaning  mavjudlik  shakllaridan  biri  bo‘lib  maydonning  eng  quyi  energiyali 

holati  hisoblanadi.  Zamonaviy  mavjud  infilyatsiya  nazariyasiga  ko‘ra  vakuum 

energiyasi  fluktatsiyasi  katta  qiymatga  erishganda  fizik  vakuumda  kuchli 

qo‘zg‘alish  yuz  beradi  va  u  “pufak”  simon  ravishda  juda  keskin  (~10

-33


  s 

davomida)  kengayadi  va  “yoriladi”,  ya’ni  katta  portlash  sodir  bo‘ladi.  Bu  hodisa 

bundan  taxminan  13  mlrd  yil  oldin  sodir  bo‘lganligi  aniqlangan.  Katta  portlashdan 

so‘ng  Olam  juda  qaynoq  bo‘lganligi  va  doimiy  kengayib  borayotganligi  amerikalik 

fizik  Xabbl  tomonidan  “qizil  siljish”  qonuni  ochilgandan  keyin  isbotlandi.  1965 

yilda  relektiv  (qoldiq)  nurlanishning  kashf  qilinishi  ham  bu  g‘oyani  to‘g‘riligini 

tasdiqlaydi. 

Xabbl  o‘z  teleskopi  yordamida  1929  yil  Koinotdan  kelayotgan  nurlanish 

spektrining  qizil  to‘lqin  tomonga  siljishini  kashf  qildi.  Dopler  effektiga  asosan  bu 

hodisa  nurlanuvchi  koinot  ob’ektlari  (  yulduz  to‘plamlari,  galaktikalar)  ning  bir-

biridan  uzoqlashayotganligini,  ya’ni Olamning  kengayotganligini  isbotlaydi. 

   


 Tadqiqot  natijasida  Xabbl  galaktikalarning  bir-biridan  uzoqlashish  tezligi 

(ν)  uchun  ν  =  HL  ifodani  keltirib  chiqardi,  bu  yerda  L-  galaktikalargacha  bo‘lgan 

masofa;                 H ≈ 2.36 ·10

–18

 c

–1

  – Xabbl doimiysi. 

   

 Xabbl qonuni ifodasidan Olamning  yoshini  aniqlash  mumkin: 



t= L/ν=1/H .     Bu ifodaga Xabbl doimiysining qiymatini qo‘yib hisoblasak  Olam 

yoshi   t = 13,5 mlrd yil  ekanligi  kelib  chiqadi. 




 

490 


     

Kengayib  sovuyotgan  Olam  temperaturasini  taxminan  T  ≈  10

10 

/√

¯¯



t  ifoda, 

energiyasini    E  ≈  kT  ifoda  yordamida  baholash  mumkin.       Portlashdan  taxminan 

t=10

–12


s  vaqt o‘tganidan keyin harorat va energiya qiymatlari mos ravishda ~10

15 


K  

va    ~300  MeV  bo‘lganda  kvarklar  adronlarga  “kondensatsiyalanib”  bo‘ladi.  Olam 

yoshi t=13.8 s,  unga mos sharoit T≈ 3·10

K ; E≈ 0,1 MeV bo‘lganda engil deytriy 



va  geliy  yadrolari    sintezi  boshlanib,  t=  3min  bo‘lganda  bu  jarayon  tugaydi.  Olam 

yoshi  taxminan  700000  yil,    harorat  T~3000  K,  energiya  esa  E~0,3eV  ga  teng 

bo‘lganda  modda  plazma  holatida  bo‘lmay  elektronlar  va  yadrolar 

rekombinatsiyasi  yuz  berib  neytral  vodorod  va  geliy  atomlari  hosil  bo‘ladi.  Bu 

sharoitda  nurlanish  atomlarda  yutilib  ularni  parchalamaydi,  modda  va  nurlanish  bir 

biridan  ajralib  Olam  fotonlar  uchun  shaffof  bo‘lib  qoladi.  Rekombinatsiya 

davrining  oxirida  Olam yanada  kengayib va sovib 1 mln yoshga kiradi. 

     


Olam  yoshi  1  mlrd  yil  bo‘lganda  katta  ob’ektlar  paydo  bo‘la  boshlaydi. 

Hozirda  kuzatilayotgan  yulduzlar,  galaktikalar  va  boshqa  ob’ektlarning  shakllanib 

rivojlanayotganiga  ~  10  mlrd  yil  bo‘ldi  deb hisoblanadi. Hozirgi paytga kelib Olam 

moddasining  kimyoviy  tarkibi  taxminan ~70%  - vodorod va ~30% geliydan  iborat 

bo‘lib  ular  asosan  yulduzlarda  va  yulduzlararo  chang  to‘plamlarida 

mujassamlashgan.  Qolgan  og‘ir  elementlarning  ulushi  –  1%  ni  ham  tashkil 

qilmaydi. 

    


 Har  qanday  ob’ektlar  kabi  yulduzlar  ham  paydo  bo‘ladi  va  ma’lum  bir 

evolyusion  davrni    o‘tgandan  keyin  o‘z  faoliyatini    tugatib  boshqa  ob’ektlarga 

aylanadilar. 

 

Agar  yulduz  massasi  1,4    Quyosh  massasidan  kichik  bo‘lsa  bunday 



yulduzlar  oq  karliklarga  aylanadilar.  Aylanish  jarayonida  yulduzda  portlash  yuz 

berib uning nisbatan og‘irroq elementlardan iborat tashqi qobig‘i  koinotga sochilib  

ketadi.  Yadrosi  esa  oq  karlik  deb  nomlangan  ob’ektga  aylanadi.  Oq  karliklar 

zichligi  juda  katta  bo‘lgan  plazma  holatidagi ob’ekt hisoblanadi. Ularning  o‘rtacha 

zichligi  taxminan  suv  zichligidan  100  mln  marta  katta  bo‘lib,  radiusi  portlashdan 

oldingi  yulduz  radiusidan  taxminan  100  marta  kichik  bo‘ladi.  Oq  karlikning 

harorati  odatda bir necha o‘n ming kelvinni  tashkil  qiladi. 



 

491 


   

 Agar  umri  tugagan  yulduzning  massasi  (1,4÷3,5)  Quyosh

 

  massasiga  teng 



bo‘lsa,  portlash  natijasida  u  neytron  yulduzga  aylanadi.  Neytron    yulduzlarning 

zichligi  oq  karliklar  zichligidan  yuz  ming,  hatto  1  mln  martagacha  katta  bo‘lishi 

mumkin.  Neytron  yulduz  qa’rida  harorat  bir  necha mlrd (10

9

) kelvinga teng bo‘lib, 



bu  sharoitda  elektronlarning  protonlarga  intensiv  yutilishi  natijasida  neytronlar 

soni protonlar sonidan sezilarli  darajada ko‘p bo‘ladi. 

    

Agar  yulduz  massasi  4  Quyosh  massasidan  katta  bo‘lsa,  bunday  massiv 



yulduzlar  portlashi  natijasida  qora  tuynuklar  hosil  bo‘ladi.  Portlashdan  keyin 

qolgan  yulduz  yadrosida  kuchli  gravitatsion  siqilish  (kollaps)  sodir  bo‘lib  juda 

katta  gravitatsion  maydonga  ega  bo‘lgan  qora  tuynuk  hosil  bo‘ladi.  Gravitatsion 

kollaps  sodir  bo‘lishi  uchun  m-massali  jismining  radiusi  r

g

  =2Gm/s


2

  ifoda  orqali 

aniqlanadigan  gravitatsion  radiusdan  kichik  bo‘lishi  kerak.  Masalan    Quyoshning 

gravitatsion  radiusi 3 km ga teng. 

   

 Ko‘zga  ko‘rinuvchi  yorug‘lik  fotonlari  qora  tuynuk  gravitatsion  tortish 



kuchini  engib  uni  tark  eta olmaydi. Lekin qora tuynuk absolyut (100%) qora emas. 

Rentgen  nurlari  qora  tuynukni  tark  etishi  mumkin.  Shunday  rentgen  nurlari 

yordamida  uning  manbai  bo‘lgan  qora  tuynuklar  tadqiq  qilinadi.  Qora 

tuynuklarning  gravitatsion  maydoni  juda  kuchli  bo‘lganligi  sababli    ularga 

uchragan  moddalar  va  nurlanishlar  to‘la  yutiladi.  Oxirgi  kuzatishlar  va  tadqiqotlar 

galaktikalar  markazida  qora tuynuklar  joylashganidan  darak bermoqda. 




Download 10,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish