2-Mavzu. Transformatorlarda bo’ladigan fizik jarayonlat va transformatorlarning
tuzilishi.
Transformatorning xayotdagi o‘rni va qo‘llanish sohalari
Transformator deb, ikki (yoki undan ko‘p) induktiv bog‘langan chulg‘amlari mavjud
bo‘lgan, elektromagnit induksiyasi hodisasi asosida bir (birlamchi) o‘zgaruvchan tok tizimini
ikkinchi (ikkilamchi) o‘zgaruvchan tok tizimiga o‘zgartiruvchi statik elektromagnit apparatga
aytiladi.
Umumiy holda, ikkilamchi o‘zgaruvchan tok tizimi birlamchi tizimdan ixtiyoriy
parametrlari (kuchlanish, tok qiymatlari, fazalar soni, tok va kuchlanishning vaqiga boo‘liqlik
egri chizig‘i shakli, chastota) bilan farqlanishi mumkin. Elektrotexnik qurilmalar hamda elektr
energiya uzatish va taqsimlash tizimlarida o‘zgaruvchan kuchlanish va tok qiymatlari
o‘zgartiruvchi kuchli transformatorlar ko‘plab qo‘llaniladi. Bunda fazalar soni, kuchlanish (tok)
egri chizig‘i shakli va chastotasi o‘zgarmas bo‘ladi.
Vazifasiga ko‘ra transformatorlar umumiy qo‘llanuvchi kuchli transformatorlar va
maxsus qo‘llanuvchi transformatorlarga bo‘linadi. Umumiy qo‘llanuvchi kuchli transformatorlar
EUL va elektr energiyasini taqsimlashda, hamda xar turdagi elektrotexnik qurilmalarda zarur
bo‘lgan kuchlanishni olish uchun qo‘llaniladi. Maxsus qo‘llanuvchi transformatorlar ishchi
xossalari va konstruktiv bajarilishi bo‘yicha turli xarakterlari bilan farqlanadilar. Bunday
transformatorlarga o‘choq va payvandlash transformatorlari, avtomatik tizimlar transformatorlari
(pik-, impuls transformatorlari, chastota kuchaytirgichlari va h.k.), sinov va o‘lchov
transformatorlari kiradi.
Ushbu darslikda umumiy qo‘llanuvchi kuchli transformatorlar o‘rganiladi.
Transformatorning ishlash prinsipi
Soddalashtirilgan kuchli transformator ferromagnit materialdan ishlangan (odatda
tunikasimon elektrotexnik po‘lat) magnit o‘zak va magnit o‘zakning sterjenlariga joylashgan ikki
chulg‘amdan (1.1,a -rasm) iborat. Chulg‘amlardan biri birlamchi chulg‘am deb nomlanib,
o‘zgaruvchan tok manbai kuchlanishi
1
U
bo‘lgan G ga ulanadi. Ikkilamchi deb nomlangan
chulg‘amga iste’molchi
Н
Z
ulanadi; aksariyat uni transformator yuki (yuklanishi) deyiladi.
Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar o‘zaro galvanik (elektrik) bog‘lanmagan bo‘lib, bir
chulg‘amdan ikkinchi chulg‘amga elektromagnit usulda uzatiladi. Bu chulg‘amlar joylashgan
magnit o‘zaklar (magnit o‘tkazgichlar)
Ф
magnit oqimni va chulg‘amlar orasidagi induktiv
bog‘lanishni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
1.1-rasm. Transformatorning elektromagnit (a)
va prinsipial
(b) sxemalari
Transformatorning ishlashi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslangan. Birlamchi
chulg‘amni o‘zgaruvchan tok manbaiga ulaganda ushbu chulg‘am o‘ramlarida o‘zgaruvchan tok
1
i
oqadi, u magnit o‘zakda o‘zgaruvchan F magnit oqimni xosil qiladi.
Bu magnit oqim magnit o‘zakda berk kontur hosil qilib, transformatorning ikkala
(birlamchi va ikkilamchi) chulg‘amlarini kesib o‘tadi va ularda EYUK induktivlaydi. Birlamchi
chulg‘amda o‘zinduksiya EYUK
),
/
(
1
1