Cho‘yan ishlab chiqarish uchun hom ashyoni tayyorlash
Rudani tayyorlashga quyidagi jarayonlar kiradi:
-
maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan saralash uchun
ularni kar’yerlarni o‘zidayoq turli konstruksiyali (jag’li, konusli) maydalash
mashinalarida maydalab, mexanik g’alvirlarda elanib, 30 - 80 mm li bo‘laklarga
saralanadi;
-
yuvish. Rudalarni suv bilan yuvib qum va gillardan tozalanadi. Buning
uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv
haydaladi, shunda begona suv bilan yuqoriga ko‘tarilib, tashqariga chiqib ketadi,
boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig’iladi. Keyin u yerdan olinadi;
-
Do'stlaringiz bilan baham: |