Umumiy metallurgiyaga



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/108
Sana06.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#139792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

 
Nazorat savollari 
1.  Metallurgiyaning ishlab chiqarishdagi o‘rni.  
2.  Metallurgiya sanoatiga bog’liq bo‘lgan korxonalarni tasniflab bering.  
3.  O‘zbekistonda metallurgiyaning rivojlanishi.    
 
 
2-Ma’ruza. METALLAR VA ULARNING SINFLANISHI.                    
METALLAR OLISH UCHUN XOM ASHYO.  
 
Reja:  
1.  Metallar va ularning sinflanishi. 
2.  Metallar olish ushun xom ashyo.   
 
Metallar va ularning sinflanishi 
D.I.  Mendeleevning  elementlar  davriy  sistemasi  o‘z  ichiga  109  kimyoviy 
elementni  oladi.  Tabiatda  89  element  tabiiy  holda  uchraydi,  qolganlari  su’niy 
ravishda  yadro  reaksiyalari  natijasida  olinadi.  Kimyoviy  elementlarni  metal  va 
metalmaslarga  ajratish  qabul  qilingan.  Metalmaslarga  quyidagi  19  element  kiradi: 
vodorod  (H
2
),  bor  (B),  uglerod  (C),  kremniy  (Si),  azot  (N),  fosfor  (P),  kislorod 
(O
2
),  oltingugurt  (S),  ftor  (F),  xlor  (Cl),  brom  (Br),  yod  (I),  astat  (At),  va  inert 
gazlar:  galiy  (Ga),  neon  (Ne),  argon  (Ar),  kripton  (Kr),  ksenon  (Xe),  radon  (Rn). 
Qolgan  86  element  metallik  xususiyatlarga  egadir.  Metallik  holatini  metallik 
yaltiroqligi  va shaffofligi,  yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, egiluvchanlik, 
kristall  tuzilishi,  och  va  to‘q  kulrang  rangi  kabi  umumiy  xususiyatlar  belgilaydi. 
Bundan  tashqari  tipik  metallar  uchun  elektr  o‘tkazuvchanlikni  haroratga 
bog’liqligi:  harorat  oshishi  bilan  elektr  o‘tkazuvchanligi  kamayishi  kabi  umumiy 
xusususiyatlar mavjud. 
Metallarning  ko‘pchilik  xususiyatlari  metallik  tuzilishida  erkin  elektron 
bo‘lishi  bilan  xarakterlanadi.  Metallik  tuzilmasida  neytral  atomlardan  tashqari, 
ionlangan  atomlar  bo‘ladi,  ya’ni  ularda  ma’lum  miqdorda  elektronlar  bo‘lmaydi. 
Metallning  hamma  atomi  bir  xil  ionlanish  imkoniyatiga  ega  va  ionlashgan 
atomlardan  neytral  atomlarga  elektronlarni  o‘tishi  energiya  sarflanmasdan  borishi 
mumkin. Buning natijasida metall panjarada uzluksiz elektron almashinish jarayoni 
boradi.  Bu  vaqtda  shu  payt  hech  qaysi  ma’lum  atomlarga  tegishli  bo‘lmagan 
ma’lum  miqdorda  erkin  elektronlar  bo‘ladi.  Atomlarga  qaraganda  elektronlarning 
o‘lchami  ancha  kichik  bo‘lishi  butun  metall  panjara  bo‘yicha  ularni  erkin  harakat 
qilish  imkonini  beradi.  Metall  panjarada  erkin  elektronlar  bo‘lishi  metall 
xossalarini belgilab beradi. 
Elektrokimyoda reaksiya borishi  natijasida elektronlarni o‘ziga biriktirishga 
harakat  qiladigan  metalloidlardan  farqli  ravishda,  elektron  berishga  moyilligi 
bo‘lgan  elementlarga  metall  deyiladi.  Yuqorida  aytilganidek,  metallik  holatini 



 
belgilaydigan  muhim  xususiyatlardan  biri,  ularning  kristall  tuzilishi  hisoblanadi. 
Metall  bog’lanishning  mustahkamligi  bilan  metallning  ko‘pgina  fizik  va  mexanik 
xususiyatlari tushuntiriladi (2.1- jadval). 
Metall ishlab chiqarish va ishlatishda elektrokimyoviy kuchlanish qatorida 
metallning tutgan o‘rni bilan izohlash mumkin bo‘lgan, kimyoviy faolligi muhim 
o‘rin tutadi. 
2.1- jadval 
 Metallarning fizik va mexanik xususiyatlari 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish