27
xodimlarga beriladigan yoki soliq to‗lovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari
uchun yordamchi xo‗jaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
bo‗yicha narxdagi farqlar (zararlar);
xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug‗urta turlari bo‗yicha ajratmalar
bo‗yicha belgilangan normalardan
ortiqcha xarajatlar;
nodavlat pensiya jamg‗armalariga ajratmalar;
xo‗jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar;
umumiy ovqatlanish korxonalari yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish
xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar ko‗rsatish qiymatini
to‗lash;
yillik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir martadan ortiq auditdan o‗tkazish
xarajatlari;
soliq to‗lovchining faoliyatida talab etilmaydigan kasblar bo‗yicha kadrlar tayyorlash
xarajatlari;
xodimlarga bepul ko‗rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan oziq-ovqatlar,
tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatliklar yoki soliq to‗lovchining xodimlari uchun ishlar
hamda xizmatlarni bajarish qiymati, ularga bepul beriladigan uy-joy haqini to‗lash xarajatlari
(yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summalari);
xodimlarga qo‗shimcha berilgan ta‗tillarga to‗langan haq va ular yuzasidan qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan normalardan ortiqcha kompensatsiyalar, bundan noqulay va
o‗ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‗ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida
ishlaganlik uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan
qo‗shimcha ta‗tillar uchun to‗langan
haq mustasno;
xodimlarning ovqatlanishi, yo‗l haqi, davolanishi uchun, davolanish va dam olishi
uchun yo‗llanmalar, ekskursiyalar va sayohatlar uchun, sport sektsiyalari, to‗garaklari,
klublaridagi mashg‗ulotlarga, madaniy-tomosha, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi
uchun, obunaga hamda xodimlarning shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga qilingan
xarajatlarning o‗rnini qoplash yoki to‗lash va boshqa shunga o‗xshash to‗lovlar;
pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga biryo‗la
to‗lanadigan nafaqalar;
xodimlarga to‗lanadigan moddiy yordam (xodimning mehnatda jarohatlanishi yoki
uning sog‗lig‗iga boshqacha tarzda shikast etkazilishi yoxud xodim oila a‗zosining vafoti
munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti munosabati bilan oila a‗zolariga
beriladigan moddiy yordam bundan mustasno);
ishlab chiqarishda shikastlanganlik tufayli mehnat layoqatini yo‗qotganlik
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlarisiz haqiqatdagi ish haqigacha
to‗lanadigan to‗lovlar;
ekologiya, sog‗lomlashtirish hamda boshqa xayriya jamg‗armalariga, madaniyat, xalq
ta‗limi, sog‗liqni saqlash, ijtimoiy ta‗minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari,
muassasalari va tashkilotlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‗zini
o‗zi boshqarish
organlariga badallar kiritish;
ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lmagan sog‗liqni saqlash va dam olishni
tashkil qilish tadbirlariga
xarajatlar;
mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lmagan ishlarni (xizmatlarni) (shaharlar va
shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‗jaligiga yordam ko‗rsatish va boshqa
turdagi ishlar) bajarishga sarflangan xarajatlar;
atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik qonun hujjatlarida
belgilangan normalardan ortiqcha bo‗lganligi uchun kompensatsiya to‗lovlari;
kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha
to‗lov muddati o‗tgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo‗yicha foizlar;
bayram sanalari va muhim sanalar, jamoat faoliyatidagi yutuqlar munosabati bilan
28
xodimlarni rag‗batlantirish hisoblanadigan bir yo‗la mukofotlar;
sud
chiqimlari;
aybdorlari aniqanmagan o‗g‗irliklar va kamomaddan yoki aybdor tomon hisobidan
zarur summalarning o‗rnini qoplash mumkin bo‗lmaganda ko‗rilgan zararlar;
soliq to‗lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulkining (aktivlarining) chiqib
ketishidan (balansdan chiqarilishidan) ko‗rilgan (buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun
hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar. Quyidagi zararlar bundan mustasno:
a)O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida mol-mulkni bepul topshirishdan ko‗rilgan zararlar,
b) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik
vositalarini bepul topshirishdan hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat
ko‗rsatishdan ko‗rilgan zararlar;
v) uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan ko‗rilgan
zararlar;
xo‗jalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun to‗langan
yoki
tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanktsiyalar;
davlat ulushlarini boshqarish bo‗yicha boshqaruvchi kompaniyalar, davlat ishonchli
boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda ularga
mukofotlar to‗lash, shuningdek kompaniyalarning boshqa professional boshqaruvchilariga
mukofotlar to‗lashga doir xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: