89
dehqon xo‗jaliklariga yoziladigan to‗lov xabarnomalarida byudjetga to‗lanadigan yer solig‗i
summasi va Jamg‗armaga to‗lanadigan yer solig‗i summasini alohida ko‗rsatadilar.
Soliq to‗lanishi to‗g‗risidagi to‗lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga davlat soliq
organlari
tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay topshiriladi.
Yer uchastkalarining maydoni o‗zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi paydo
bo‗lganda yoki bekor qilinganda davlat soliq organlari bir oy davomida soliqni qayta hisob-
kitob qilishlari va soliq to‗lovchiga to‗lash muddatlari o‗zgarganini hisobga olgan holda yangi
yoki qo‗shimcha to‗lov xabarnomasini taqdim etishlari shart.
Jismoniy shaxslarga shahar va qo‗rg‗onlarda yakka tartibda uy-joy qurish uchun
berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va
nazorat qilish shahar yoki tuman boshqarmasi yoxud ishlab chiqarish uy-joy inspektsiyasining
mavjud materiallari bo‗yicha hisobga olinib, har yili naturada aniqlashtiriladi.
Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo‗jalik (dehqon xo‗jaligi)
yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa yerlardan va jamoat yerlarida qo‗shimcha
ajratilgan yer uchastkalaridan iborat bo‗lishi mumkin. Bunday holda tomorqa yerlar maydoni
yer kadastri ma‗lumotlari bo‗yicha qabul qilinib, yuz bergan o‗zgarishlar har yili naturada
aniqlashtiriladi. Jamoat yerlarida qo‗shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni
xo‗jaliklarning ma‗lumotlari bo‗yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi. Agar jismoniy
shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi xo‗jalik (dehqon xo‗jaligi)
yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullansa yoki yerdan
maqsadli foydalanishni o‗zgartirmasdan o‗z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan
yer solig‗i yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki dehqon xo‗jaligini yuritish uchun berilgan
yerlar uchun belgilangan stavkalar bo‗yicha undiriladi.
Ko‗p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig‗i
undirilmaydi. Xonadondan yoki ko‗p xonadonli turar joylarning bir qismidan odamlarning
yashashi bilan bog‗liq bo‗lmagan maqsadlarda foydalanilganda, belgilangan tartibda
xonadonning umumiy maydonidan
kelib chiqib, yer solig‗ining tegishli hissasi undiriladi.
Egalik qilish huquqi meros bo‗yicha turar joy, noturar imorat va inshootlar, bog‗
uychasi o‗tishi bilan birga o‗tgan yer uchastkalari uchun yer solig‗i merosxo‗rlardan, meros
qoldiruvchining soliq majburiyatlarini hisobga olgan holda undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: