xususiyati bilan belgilanadi.
Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda o'qituvchining mehnat
qilayotgan joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi
tamoyillar asosida
takomillashtirilib boriladi.
Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko'ra
aniq bir yo'nalishni belgilash o'qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning
birinchi tamoyilidir.
Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o'zlashtirib qizg'in
pedagogik faoliyat uslubini belgilash.
Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va
kompyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishni mukammal bilish
tushuniladi. Bunda ko'nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan
pedagogik texnologiyalar ham e’tiborga olinadi.
To'rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda pedagogik
faoliyatni rejalashtirish. Ushbu tamoyil reja asosida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni
tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi
masalalardan tashkil topgan.
Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni
va jamoani tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini
ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar
keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o'qituvchi faoliyatini
muntazam kuzatib borish yutuq va kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib
olishni nazarda tutadi. Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga
olishdir.
Pedagogik
nazoratda
obyektivlik,
omilkorlik,
samaradorlik,
muntazamlilik va oshkoralik talab qiladi.
O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning muntazamligi,
izchilligi quyidagilardan tashkil topadi:
•
o‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi tomonidan
nazorat qilinishi;
•
darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va o‘zining yutuq
va kamchiliklarini kuzatish;
•
o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi nazorat qilishi;
•
ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni
nazorat qilish;
•
o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil qilish
mamlakatimizning mustaqillik prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga
munosib hissa qo‘shishga qodir yosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyatga
ega. Bunda o‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar,
oila, mahalla qo‘mitalari, turli jamoatchilik markazlari bilan o‘zaro puxta
hamkorlikda olib borgandagina ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: