«Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik
Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, qarashlari, ya’ni
tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi,
takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar
boshlanadi.
Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan ishlanmalar (predmet,
tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab
ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi
ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo
maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi.
Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir.
Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob,
avtoreferat, dissertatsiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (kontseptsiya),
ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki modelь, algoritm, tamoyil,
mezon va h.k.
Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib,
ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi.
«Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin. Olimlar faoliyati
ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki
ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari
aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos
qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi» [4].
Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik faoliyati, ya’ni
yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning)
muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak,
ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan.
Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan bo’lishi kerak:
aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda,
idrok, iste’dod va h.k.
Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz.
AQL – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqeylikka bo’lgan
munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.
ONG – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va
unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong– tafakkur markazi, unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi.
Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: