ro’yxati:
1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.
2.To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006.
– 248 b.
1.5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi
Tayanch iboralar va atamalar: mavzu, otash arava, ilmiy muammo, ijodiy jarayon,
demografik va siyosiy sohalar, ilmiy izlanishlar, komil inson tarbiyasi, muammo dolzarbligi,
ob’ektiv dunyo, ilmiy fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi.
Mavzuning matni: Ilmiy muammo va uning dolzarbligi.
Avvalo mavzu o’zi nima?
Mavzu (arabchada – joylashtirilgan, qo’yilgan, degan ma’noni anglatadi) – muhokama,
ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini hzida o’iso’a va ixcham ifoda
etgan nomlanish.
Mavzu, odatda ijodkor tomonidan tanlanadi va asoslanadi. Mavzu ijodiy faoliyat
jarayonining g’oyasini ifodalaydi va uni tanlashda muallifning g’oyaviy (fikr, g’oya, qarash va h.k.)
mavqei va ijodiy kamolati darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan tashqari muammo qo’yilishi
va uni hal qilishdagi vazifalar ko’lamiga qarab mavzu va mavzuchalar tanlanishi mumkin hamda
bularning har biri muammo yechimining biror tomonini ifodalaydi.
Muammo, odatda kishilik jamiyati oldiga qo’yilgan insonlarning orzu-istagi sifatida paydo
bo’ladi. Masalan « Uchar gilam»(Samalyotlar), «Oynai jahon» (Televideniya), «Otash arava»
(Poezdlar) va h.k.
Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu –istagini ilm-fan
yuzaga chiqaradi va natijada odamlarni qiynab yotgan og’ir jismoniy mehnatlar aqliy mehnatga
almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning
xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq.
Endi ilmiy muammo haqida qisqacha tushuncha beraylik. Mazkur darslikning «Kirish»
qismida «Ilm»ning qichqacha ta’rifini keltirgan edik. Ma’lumki, ilmiy muammo bevosita «Ilm»
bilan bog’liq. SHu sababli ham ilmiy muammoni quyidagicha ifodalasak, maqsadga muvofiq
bo’ladi:
Ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga
kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va hodisalarni, jarayon va predmetlar (qurilma,
mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib
berish.
Ilmiy muammo ijodiy jarayon bo’lib, uning yordamida tabiat va jamiyat taraqqiyotining
ob’ektiv qonunlari yaratiladi va natijalar ilm – fanning tegishli sohalarida o’z o’rnini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |