Mavzuning matni: Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi.
Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat hodisalarining
sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi.
Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat va jamiyatdagi hodisa va
jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga bo’lgan qiziqish, intilish
hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat
ham tanlamadi.
Umuman olganda, ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini
ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida hayot, voqelik muhim o’rin
tutadi.
Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish mumkin, ya’ni
insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish, «Uchar gilam», «Oynai jahon»,
yozuv, kitob, bug’ va ichki yonuv dvigatellari, elektr, atom, elektronika, kompьyuterlar va shu
kabilarning paydo bo’lishi (yaratilishi) insonlar orzu-istaklari ro’yobidir. Bular insoniyatning o’zaro
yaqinlashuvini ta’minlaydi, desak xato bo’lmaydi.
Demak, dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni insonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali
bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir. SHu sababli ham
mafkurani va taraqqiyot bosqichlari saviyasini olimlar (komil insonlar) rivojlantiradilar va ularni
hayotga tadbiq etadilar. Olimlarning vazifasi ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga
joylashtirishdan iboratdir.
Demak, ongli inson paydo bo’libdiki, fikr, g’oya, qarash, mafkura, ilm, fan, texnika va
texnologiya tadrijiy (evalyutsion) tarzda rivojlanib kelmoqda va takomillashib boraveradi.
Intellektual salohiyatning tarixiy – tadrijiy rivojlanishida Yaqin va O’rta SHarq
mamlakatlarining faylasuf olimlari, shoirlari: Farobiy, Ibn Bojja, Ibn Rusha, Abu Ali ibn Sino,
Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abu Yusuf Ya’kub ibn Ishoq va boshqalar o’z asarlaridagi
qarashlarida va tadqiqodlarida munosib hissalarini qo’shganlar.
Ayniqsa, ushbu fikrni, uning qamrovini kengaytirib dunyo bo’yicha olimlarning ishlariga
e’tibor bersak, Platon (Aflotun), Suqrotning shogirdi Aristotel (Arsatu),Aflotunning eng yaqin
shogirdi Gerodot (Xerodat), Sokrat (Suqrot, uning shogirdlari Platon, Antisfen, Aristenn, Evklid),
Evklid (Uklidus), Arximed, Aristinn, Gippokrat (Bukrot, tibbiyotning otasi), Galen (Jolinus),
Ptolemey (Al-Majistiy), Pifagor, Demokrit, Fales , Geraklit (Gippokratning otasi), Levkipp, Al-
Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Mansur, Marvaziy, Al-Javhariy, Musa ibn SHokir, Sag’oniy,
Marvarudiy, Abu Nasr Farobiy, Al- Kindiy, Al-Kuhiy, Kozizoda Rumiy, Abu Ali ibn Sino, Abu
Rayhon al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Jamshid Koshiy, Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy,
Mahmud Qoshg’ariy, Ali Qushchi, Umar Hayyom, Leonardo do Vinchi, Yan Gveley, Nikolo
Konernik, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Rene Dekart, G.V.Leybnits, Isak N’yuton, Jeymis Uatt,
Maykl Faradey, Leonard Eyler, Karl Fridrix Gaus, Veyershtras, M. Kolmogorov, M.Kelьdesh,
M.Korolev, T. A. Sarimsokov, S. A. Sirojiddinov, M. Salohiddinov, M. O’razboev, H. A. Abdullaev,
V. K.Qobulov, O. Sodiqov, Q.N.Niyoziy va bir qancha olimlarning ishlari o’rganilganda, yuqoridagi
fikrimiz o’z tasdig’ini topganligining guvohi bo’lamiz.
Ushbu soha yana shunisi bilan qiziqki, garchi biz « XX1 asr - intellektual asr»da
yashayotgan bo’lsakda, olovni, g’ildirakni, metalga ishlov berishni, yozuvni, qog’ozni va h.k.larni
kim yaratganini bilmasaqda, udan irqi, millati, elati, mansabi, masxabi, mafkurasi, yozuv, tili, etnik
kelib chiqishi kim bo’lishidan qat’i nazar insonlar ulardan bab-baravar foydalanmokdalar.
O’tmishda olimlar ilm - fanning turli turlari (sohalari, yo’nalishlari) bilan shug’illanganlar va
natijada kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. Jumladan, kitob bosishni
(I.Gutenburg), bug’ dvigatelini (J.Uatt), elektrni (M.Faradey), ichki yonuv dvigatelini (G.Daymler,
K.Bents), algoritmni (Al-Xorazmiy), uchunchi darajali tenglamalar yechimini (Umar Hayyom)
kashf etgan bo’lsalarda, ulardan ham Yer yuzidagi barcha xalqlar o’z ehtiyojlarini qondirishda
foydalanmoqdalar.
Bu bilan olimlar o’zlaridan keyingi keladigan avlodga munosib meros qoldirgan. Bu
yo’nalishni davom ettirib, hozirgi kunda ham ilm-fan, adabiyot, falsafa va boshqa sohalarda ijod
qilganlarni nomlarini yo’qlash, qilgan ishlaridan foydalanish ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa
bo’lib qo’shiladi, chunki ular fanlarning maxfiy sirlarini ochish uchun o’z bo’yinlariga olgan
qiyinchiliklar va mehnatlarini sharafli ish, deb biladilar.
Xulosa o’rnida quyidagi ma’lumotni keltirishni lozim topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |