10-ma’ruza
ERITMALAR. ERUVCHANLIK. ERITMALARNING XOSSALARI
Reja:
1. Eritmalar haqida umumiy tushunchalar.
2. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari.
3. To’yingan eritma.
4. Eruvchanlik.
5. Moddalarnig suyuqliklarda eruvchanligi. Genri va Genri-Dalton qonunlari.
Muammoli savollar:
1. Erituvchining eritish imkoniyati uning qanday xossasiga bog’liq?
2. Suv nima uchun ko’proq erituvchi sifatida ishlatiladi?
3. Kolloid eritmalarda zarrachalarning o’lchamlari qanday bo’ladi?
Eritmalar haqida umumiy tushunchalar. Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq
gomogen sistema eritma deb ataladi.
O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Moddalarning agregat holati bir xil
bo’lsa, ko’p miqdorda olingan modda ko’pincha erituvchi hisoblanadi. Ikkinchi komponent esa erigan modda deyiladi.
Ba’zi moddalar erituvchida hohlagan nisbatda aralashishi mumkin. Masalan, H
2
SO
4
va spirt, suv va spirt....
Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi. Masalan 25
C da osh tuzi eritmasida eng ko’pi bilan 26,5% NaCl erishi mumkin.
Eritmalardagi zarrachalar o’lchami va turiga qarab ularni dispers sistema deb qaraladi.
Ikki va undan ortiq moddalardan iborat bo’lgan hamda ulardan biri ikkinchisi hajmida bir meyorda
taqsimlangan sistema dispers sistema deyiladi.
Tabiatda eng ko’p tarqalgan dispers sistemalarda dispersion muhit suyuqlik, dispers faza esa qattiq modda
bo’ladi. Dispers sistemaga misol qilib, changli havoni olish mumkin. Unda dispersion muhit havodir, dispersion faza
mayda muallaq holdagi tuproq zarrachalaridir.
Dispers sistemalar bir necha sinfga bo’linadi:
1. Dag’al dispers sistemalar. Dispers fazo zarrachalarining o’lchami 1
10
–1
mkm (mkm — mikrometr, 1 mkm =
10
–6
m) bo’ladi. Dag’al dispers sistemalarga suspenziya va emulsiyalar kiradi.
Suspenziyalar suyuqlikda bir tekis tarqalgan dispersion faza (qattiq modda)dan iborat sistemadir. Suspenziyaga
misol qilib loyqa suvni ko’rsatish mumkin.
Emulsiyalar biri ikkinchisidan taqsimlangan ikki suyuqlikdan iborat sistemadir. Sigir suti (yog’lar oqsilning
gidrolizida tarqalgan) emulsiyaga misol bo’ladi.
2. Kolloid dispers sistemalar (kolloid so’zi grekcha koll – «elim», eidos – «o’xshash» so’zlaridan kelib chiqqan
bo’lib yelimsimonlar ma’nosini beradi). Kolloid eritmalarda dispers fazoning zarrachalar o’lchami 10
–1
10
–3
mkm.
Bunday zarrachalar dispers sistema uzoq vaqt tindirilsa ham cho’kmaga tushmaydi, filtr qog’ozi teshiklaridan o’tib
ketadi, oddiy mikroskopda ko’rinmaydi.
3. Chin eritmalar. Chin eritmalar molekulyar-dispers sistemalar va ion-dispers sistemalarga bo’linadi.
Molekulyar-dispers sistemalarda modda erish jarayonida ayrim molekulalarga ajraladi. Bunday sistemalarga
shakar, spirt, atseton kabi moddalarning eritmalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |