Qon plazmasining oqsillari. Qon plazmasining organik
moddalari orasida oqsillar ancha katta ahamiyatga ega.
Ularning katta qismi jigarda sintezlanadi.
Plazma oqsillari qon va to’qimalararo suyuqliklar orasidagi
suv almashinuviga ta’sir qiladi, organizmdagi suv-tuz
muvozanatini ta’min etadi. Bu rolni albumin oqsillari
bajaradi. Oqsillar himoyaviy immun tanalarni hosil
bo’lishida ishtirok etadi, organizmga kiruvchi zaharli
moddalarni yopishtiradi va zararsizlantiradi. Barcha
antitana –oqsillar globulinlar guruhiga kiradi. Bular asosan
gamma-globulinlardir. Shu sababli hozirda gamma-
globulinlar organizmni himoya kuchini mustahkamlovchi,
davolovchi preparat sifatida keng qo’llanilmoqda.
Plazmaning fibrinogen oqsili –qon ivishining asosiy omilidir.
Uni plazmadan juda yengil cho’kma shaklida ajratib olish
mumkin. Fibronogeni ajratib olingan plazma-zardob deb
ataladi. Zardob plazmadan ivimasligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |