Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari


XXVI bob. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/72
Sana04.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#138517
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
Документ Microsoft Word

XXVI bob. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik 

1-§. Nutq 

280. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq rivojlanishining talablari hisoblanadi: 

nutqni tinglash va tushunish; 

so‘zlashish va muloqot yuritishga qodir bo‘lish; 

nutq-tovush madaniyatini shakllantirish; 

oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish; 

so‘z boyligini faollashtirish; 

nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish; 

bog‘lanishli nutqni shakllantirish; 

ijodiy hikoya qilishni shakllantirish. 

281. Quyidagilar 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda nutq indikatorlari hisoblanadi: 

musobaqalar va munozalarda ishtirok etish, u yerda eshitgan ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarish; 

ayrim maxsus so‘zlarning ma’nosini bilish; 

eshitgan hikoyalarni osonlikcha bayon qilish; 

ona tilini juda yaxshi bilish, fikrni oddiy va umumiy foydalanishdagi gaplar yordamida ifodalash; 

mavjud til tizimi (tovush, so‘z, gap) to‘g‘risida elementar (oddiy) tasavvurga ega bo‘lish; 

so‘zdan tovushni, unli va undosh tovushlarni ajrata olish; 

narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytish, bir-biri bilan solishtirib, ayrim farqlarini tushunish; 

o‘z nutqida uyushiq bo‘lakli, sodda, yoyiq va qo‘shma gaplarning turli xillaridan foydalana olish; 

o‘yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuza olish; 




shaxsiy tajriba, mazmunli rasmlar asosida hikoya tuza olish; 

gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuza olish; 

surat (rasmlar) bo‘yicha mazmunli hikoya tuzish; 

umumlashtiruvchi so‘zlar, antonimlar, solishtirmalardan foydalanish; 

harakatlarni rejalashtirish uchun nutqdan foydalanish; 

o‘z  tuyg‘ulari  va  niyatlarini  nutq  yordamida  ifodalab,  tengdoshlari  va  katta  yoshdagilar  bilan 

muloqotda ishtirok etish; 

turli  hikoyalarni  so‘zlab  berish,  hikoyalarni  o‘ylab  topishga  harakat  qilish,  qofiya  va  so‘z  o‘yiniga 

qiziqish bildirish; 

kitoblar, teleko‘rsatuvlardan nutqning turli parchalarini yodlab olish va ishlatish. 

282. 5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim: 

musobaqa, munozara va boshqa tadbirlarni tashkil etish, savollar berish va bolani to‘g‘ri javob berish 

yoki ko‘rsatmalarni bajarishga rag‘batlantirish; 

bolaning yangi so‘zlardan foydalanish va ularning ma’nosini bilish istaklarini rag‘batlantirish; 

bolaga  muntazam  ravishda  hikoyalar  aytib  turish,  teatrga  olib  borish,  bola  bilan  taassurotlarini 

muhokama qilish; 

rasmga  qarab  mazmunli  hikoya  tuzish,  nutqni  rivojlantirish  bo‘yicha  maxsus  trening  va  o‘yinlar 

o‘tkazishga yordam berish, qofiya va so‘z o‘yinlari, she’rlarni ifodali o‘qish, ertaklarni aytib berish, shaxsiy 

hayotdan hikoya tuzishga ko‘maklashish; 

bolani ijodiy dramatik, rol ijro etiladigan o‘yinlarda ishtirok etishga jalb qilish. 

283.  5  yoshdan  7  yoshgacha  bo‘lgan  bola  bilan  munosabatlarda  samimiyat,  do‘stonalik  va  himoya 

etilganlik muhitini saqlab turish lozim. 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish