Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yo‘llari va vositalari
Ma’naviy-axloqiy tarbiya yoshi va o‘quvchining to‘g‘ri
yo‘nalish olish uchun hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhtini
ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati
jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning yo‘l va
usullari o‘quvchilarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni
tashkil qilishda alohida xususityaga ega. Ushbu yo‘llami ko‘rib
chiqaylik. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy
vazifalami bajaradi: inson hayoti va madaniyatining axloqiy
qadriyatlari to‘g‘risida keng tasavvur beradi.
Axloqiy tasawurlar, qarash, mulohaza, baho berishni
shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqod shakllantirishga
ta’sir ko‘rsatadi:
— o‘quvchilami o‘zlarining axloqiy tajribalarini mushohada
qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
— turli manbalardan axloq to‘g‘risida olingan bilimlami
to‘g‘rilaydi;
— shaxsning o‘zini axloqiy tarbiyalashga yordam beradi.
Ma’naviy-axloqiy
bilim,
asosan
axloq
to‘g‘risidagi
suhbatlar, ma’ruzalar, tanlangan mavzuga oid kechalar, turli
kasb namoyondalari bilan uchrashuvlar, anjumanlar va boshqa
uchrashuvlar bilan amalga oshiriladi.
Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda o‘quvchilaming
yosh xususiyatlarini, ulaming shaxsiy axloqiy tajribalarini,
axloqiy me’yorlar to‘g‘risidagi xabardorlik darajasini axloq
sohasidagi o ‘zlashtirgan bilimlarining axloqiy talablari bilan
munosabatini hisobga olish zarur.
Shaxsning
axloqiy
rivojlanishi
axloqiy
ehtiyojlami
shakllantirishni o‘z ichiga oladi: mehnatga, muloqotga,
madaniy qadriyatlami o‘zlashtirishga, bilish qobiliyatini
rivojlantirish va boshqalarga ehtiyoj seziladi. Bu ehtiyojlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘quvchilar faoliyati va munosabatlarining real tajribasida
rivojlanadi. K o‘p qirrali faoliyat jarayonida xatti-harakatning
ijtimoiy foydali ko‘nikmalari, axloqiy odatlar, barqaror
munosabatlar shakllanadi.
Har qaysi rol muayyan axloqiy-psixologik xususiyatni
taqozo etadi. Har qanday ijtimoiy rol eng muhim axloqiy ilm
olishni talab qiladi; onglilik, mas’uliyat, mehnatsevarlik,
yordam ko‘rsatishga tayyorlik, o‘zining shaxsiy qiziqishlari
bilan harakat qilish. Demak, ijtimoiy majburiyatlarni ongli
qabul qilish u yoki bu vazifalami va uni amalga oshirish
yo‘llarini o‘zlashtirishda kuchli ta’sir qiluvehi asos bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.
Axloqiy ehtiyojni shakllantirish va amaliy faoliyat
o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud. Biroq axloqiy va obyektiv
ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat har doim ham o‘quvchida
istalgan ehtiyojni tug‘diravermaydi.
Mehnat faoliyati axloqiy tarbiyada boshqa omillardan
foydalanilmaydigan taqdirda muhim yutuqlami bermaydi.
M a’naviy-axloqiy tarbiya tizimida axloqiy odatlar alohida
o ‘rinni egallaydi. Chuqur o ‘zlashtirilgan axloqiy m e’yorlar
bilan belgilanuvchi xatti-harakat odatning ma’naviy sababining
barqaror ko‘rsatkichidir.
Odatlar o ‘zlashtirilgan xatti-harakatni ishlab chiqarish
yo‘llaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha axloqiy
odatlar insonparvarlik, mehnatga mas’uliyat bilan yondashish
tuyg‘ularini shakllantirish uchun zarurdir. Odatlar shartli
ravishda oddiy va murakkabga bo‘linadi. Oddiy odatlar
deyilganda
ijtimoiy
turmushning
elementar
qoidalari,
belgilangan intizom m e’yorlari va muloqot madaniyati asosida
yotgan ishlar va harakatlar ko‘zda tutiladi.
Murakkab axloqiy odatlarga fuqarolik, mehnat oilaviy
burchlarini, axloqiy xatti-harakatlarini vijdonan bajarishga
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘lgan ehtiyoj kiradi. Axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi
xatti-harakatlami odatga aylantirishdir. Axloqiy odatlami
tarbiyalashga qo‘yiladigan pedagogik talab o‘quvchining fe’l-
atvori va ongining birligi va o‘zaro aloqasiga asoslanadi.
U yoki bu odatni tarbiyalashdan oldin, o‘quvchini ijobiy
odatlami egallash va salbiy odatlarga barham berishga moyil
qilish lozim. Ma’naviy-axloqiy odatlami tarbiyalash o‘quvchi
fe’l-atvorining ijobiy dalillari asosida amalga oshiriladi.
Odatlar izchillik bilan oddiydan nisbatan murakkabga
qarab tarbiyalanadi, u o‘z-o‘zini nazorat va tashkil qilishni
talab qiladi.
Axloqiy odatlami tarbiyalashda o‘quv yurtining umumiy
muhiti katta ahamiyatga ega. An’analar, jamoa qonunlari bilan
qo‘llab-quwatlanayotgan fe’l-atvoming shakllanish usullari
o‘quvchilar tomonidan yengil o‘zlashtiriladi.
Fe’l-atvor
tajribasini tashkil qilish, asosan barqaror ijobiy ta’sir
vositalarini yaratishdadir.
Axloqiy
me’yorlami
o‘zlashtirish
insonning
bu
m e’yorlariga emotsional munosabati bilan boyiydi. Axloqiy
m e’yomi ma’lum ma’noda u yoki bu xatti-harakatni keltirib
chiqarishga undovchi sabablar ham belgilaydi.
Axloqiy tuyg‘u, axloqiy iztirob va munosabatlar qat’iy
shaxsiy ma’naviy qiyofaga ega. Ular insonni oliyjanob harakat
va niyatlardan qoniqtiradi, axloqiy me’yorlami buzganlarida
vijdgn azobiga soladi. Bolalik yoshi tuyg‘ulaming rang-
barangligiga muhtoj va tarbiyachining boladagi tuyg‘ular
obyektiga ijtimoiy zarur yo‘nalish bera bilishdir.
Psixologlaming aniqlashlaricha, kichik maktab yoshi
axloqiy talab va me’yorlami o‘zlashtirishga moyilligining
yuqoriligi bilan xarakterlanadi.
Bu shaxs rivojlanishga o ‘z
vaqtida axloqiy poydevor qo‘yish imkonini beradi. Kichik
yoshda shaxsning axloqiy rivojlanishini belgilovchi tarbiyaning
www.ziyouz.com kutubxonasi
mohiyati bolaning hissiy
hozir javobligiga tayanuvchi
insonpavarlik
munosabat
va
o‘zaro
munosabatlarini
shakllantirishdan iborat.
0 ‘smirlik yoshida yaqin atrof-muhitini
o‘zlashtirishda
muayyan tajriba pay do bo‘ladi, tengdoshlar bilan barqaror
aloqalar o ‘matiladi, o‘z-o‘zini anglash, xususiy shaxsini
tasdiqlashga ehtiyoj kuchayadi. 0 ‘smir atrofdagi kishilar
namunasiga ergashadi, ideal axtarish, o‘z mavqeini belgilash
vositasini tanlashga intiladi.
0 ‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish, o‘z o‘mini topish
ehtiyoji o‘spirin uchun xarakterli xususiyatdir. Bu ehtiyoj inson
shaxsiga qiziqish, insonlaming ishlariga, ularning asoslangan
doirasiga tahliliy yondashish tuyg‘ularini shakllantiradi.
0 ‘z-o‘zini anglash hissiyoti rivojlanishning m a’lum
bosqichida o‘spirinda hayotda o ‘z o‘rnini topish ehtiyoji paydo
bo‘ladi. Bu ehtiyoj shaxsning ijtimoiylanuvchi jarayoni,
ilgarigi hayotiy tajribasi, ruhiy va jismoniy rivojlanishining
o‘ziga xos xususiyatlari qanday o‘tishiga bog‘liq ravishda
nihoyatda qarama-qarshilikda namoyon bo‘ladi.
0 ‘z mavqeini belgilashga intilish o‘spirinlik vaqtida tez-tez
namoyon bo‘lib turadigan faol mustaqillikning o‘sishi bilan
qo‘shilib
ketadi.
Hozirgi
o‘quvchilaming
intellektual
rivojlanishi ayrim hollarda, eng avvalo, atrofdagi odamlar bilan
o ‘zaro munosabat va o‘zaro ta ’sirda oliy ma’naviy tuyg‘u va
axloqiy xatti-harakat tajribasida o ‘zib ketadi.
0 ‘smirlik va o‘spirinlik yoshi tarbiya uchun qiyin davr
hisoblanadi, holbuki, agar tarbiyachi o‘quvini, oilasini, uning
rivojlanishida yuzaga keladigan qiyinchiliklaming xarakterini
bilsa, bu qiyinchiliklaming oldi olinishi mumkin.
Ta’lim muasssasalari o'sm im i oilaviy hayotga Tayyorlashi
lozim. Mana shunday tayyorlashning muhim vositalaridan biri
yaxshi tashkil etilgan tarbiyadir. Jinsiy tarbiya axloqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarbiyaning elementidir. Uni to‘g‘ri amalga oshirish shaxsning
garmonik rivojlanishi. uning axloqiy sOg‘lomligi uchun katta
ahamiyatga ega.
Uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishda yuqoridagi tarbiya
funksiyalari muhim ahamiyatga ega
6-shakl.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Buyuk
bobokalonimiz
Amir
Temir
har
vaqt:
«Insonpafvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug‘laydi»,
degan hikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va hayotda
o‘zlari ham amal qilgan. Shuni aytish kerakki, Amir Temir
odob-axloq, imon, e ’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o‘zi
yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir.
Bunga ishonch hosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan
yaratilgan odob va axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-
nasihatlarni o‘qib chiqish kifoya.
Aqliy tarbiya - tabiatdan berilgan aqliy kuchlar, sezgilar
ruhiy holatlar, biluvchanlik va faoliyat erkinligini rivojlantirish
natijasida insonda mustaqil fikr yuritib, oldiga maqsad qo‘ya
olishi hamda ko‘zlagan maqsadiga erishish qobiliyatini
shakllantirishdir.
Axloqiy tarbiya - odamlami oilada, mehnat jamoasi
hamda keng jamoatchilik ichida va umuman, har joyda
bo‘ysinishi va o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan, umuminsoniy
qadriyatlarga
asoslangan
axloq
va
odob
qoidalami
o‘zlashtirishdir.
Jism oniy
tarb iy a
-
insonning
hamma jismoniy
xususiyatlarini;
anatomik,
fiziologik
sistemalarini
har
tomonlama
rivojlantirish,
sog‘lom
hayot
kechirishning
afzalliklari,
shart-sharoitlari,
asoslari
hamda
jismoniy
ma’naviyatining zaruriy elementlarini shakllantirishdir.
R uhiy tarb iy a - insonning aqliy, jismoniy va ijtimoiy
mohiyatini oshirib borib, uning barcha qobiliyatlarini tinmay
tarbiyalab, ishonch kuchini oshirib borishdir.
M eh n at tarbiyasi - mehnatning mohiyati, uning inson
ruhi va ongini chiniqtirishdagi ahamiyatini amalda ko‘rsatib
berish. Mehnatsevarlik qobiliyatini rivojlantirish, ishlab chiqa-
rish vositalari bilan ishlashga o‘rgatish, ularda tadbirkorlik va
ishga ijodiy yondashish xususiyatlarini shakllantirishdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |