Mehnatsevarlik. Bu axloqning eng muhim tarkibiy
qismlaridan biridir. Mehnatga mas’uliyatli munosabatning
asosiy begilari: beg‘arazlik, mehnat majburiyatlariga ongli,
mas’uliyatli
yondashish,
intizomlilik,
ijodiy
izlanish,
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashabbus, faoliyat natijalarini oldindan ko‘ra bilish va
mustaqil
qaror
qabul
qilish, jamoatchilik hamkorligi;
o‘rtoqlariga
yordam
ko‘rsatishga
tayyorgarlik,
mehnat
kishisining qadr-qimmati tuyg‘usini rivojlantirish.
Ongli intizom. Ongli intizom axloqning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Intizom deganda burchni bajarish - shaxsiy va
ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik majburiyatlarini к а т
ко‘stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga jamiyat
qabul qilgan xatti-harakat me’yorlariga amal qilish tushuniladi.
Intizom ma’naviy va siyosiy hodisadir. U qanday dir
alohida intizomiy tadbirlaming natijasi emas, balki tarbiya
natijasidir. Ongli intizom nuqtai nazar va e’tiqoddan o‘sib
chiqadi. 0 ‘quvchilami intizomlilikni tarbiyalash ulaming
e’tiqodini shakllantirish, umumiy madaniyatini o‘stirish,
muntazam mehnatga va vazifasini qat’iy bajarishga o‘rganish
bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo o‘quvchilaming
amaliy faoliyatlarida, o‘qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida,
ulaming munosabatlari xarakterida, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish
usullari, xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirishlarida namoyon
bo‘ladi.
Axloqiy tarbiyaning mazmuni
o‘quv dasturlari
va
darsliklarga joylangan bo‘lib, u o‘quv jarayonida amalga
oshiriladi.
Axloqiy ideal hayotiy rejalar va xulq-atvor namunalarida,
hayotiy nuqtai nazarlarda namoyon bo‘ladi. 0 ‘quvchilar
tasaw urida barkamol
shaxs
va
uning jamiyat
bilan
munosabatlarida amalga oshiriladi. Bu tasaw ur umumlashgan,
saylangan,
axloqiy
faoliyatning
dasturi
ko‘rinishlarida
namoyon bo‘lishi mumkin.
Axloqiy
ideal
o ‘quvchilaming
hayotiy
rejalarini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ideal va hayotiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
rejalaming o'zaro bir-biriga ta’siri o‘quvchilarning axloqiy
tuyg‘u va irodasi, o‘z-o‘zini ailglashining rivojlanish darajasi
bilan bog‘liqdir. Axloqiy ideallar o‘quvchilaming jamiyatning
ijtimoiy qadriyatlari tuyg‘usidagi tasavwirlarini aks ettirish
barobarida bevosita ularning kasbiy intilishlari bilan bog'liqdir.
O'spirinlik va ayniqsa, ilk o‘smirlik yoshlarida o‘quvchilar
boshqa kishilaming asosiy xatti-harakati va ishlarini tahlil
qiladilar,
oqibatda
shakllangan
qarashlarini
o‘zgartirish
qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa axloqiy namunalami
o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir qiladi.
Har qanday ijtimoiy me’yor-siyosiy, huquqiy, axloqiy
xulq-atvomi tartibga solish vazifasini bajaradi. Huquqiy va
axloqiy me’yorlaming o‘ziga xoslik va o ‘zaro aloqadorlik
tomonlari nimada?
Axloqiy dunyoqarash tegishli yurish-turish me’yorlari
bilan chambarchas bog‘langan. Huquqiy sohada har qanday
qarashlar huquqiy normalarda mujassamlashavermaydi. Shu
bilan birgalikda axloqiy me’yor inson faoliyatining barcha
sohalarini qamrab olib, huquqiy qonunlarga nisbatan ancha
keng tarqalgan.
Axloqiy m e’yorlaming ta’sirchanligiga tartibga solish
mexanizmlari vositasida erishiladi. Ular yordamida m e’yoriy
talablar shaxsning ichki zararuriy munosabatlariga, uning
axloqiy sifatlariga aylanadi.
Shunday
qilib,
axloqiy
sifatlami
shakllantirish
tarbiyachining axloqiy ong, axloqiy tuyg‘u va axloqiy fe’l-
atvomi ko‘zda tutgan holda shaxsga butunligicha yondashish
tizimi orqali amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |