Mavlono Abdulhaq — dagʻi kichik yoshida muammo fanigʻa shuru’ qildi. Mutasarrif
yaxshigʻina tab’i bor.
Mavlono Vidoiy — Balx navohiysidindur va kapanakpoʻshluq kisvatida yurur erdi.
Omiydur, ammo latif tab’i bor erdi. Bu matla’ aningdurkim:
Dilo, natvon haryfi ahli taqvi jovidon budan,
Bar durdkashon ham chand roʻze metavon budan
(55)
.
Mavlono Baqoiy — kamongarlikka mashhur va oʻzini muammoiyliqqa ham shuhrat
berdi. Ammo faqir hargiz andin muammoki, nimaga yaragay, eshitmadim. Soʻngra she’r
ayta boshladi. Ammo gʻarib xayollar qilur, ammo tarkibni resh bogʻlar. Derlarki,
tirandozlik fanida sohib vuqufdur, biz bilmasbiz. Bu matla’ aningdurkim:
Toba zulfi tu sar darovardam,
Sar ba devonagi barovardam
(56)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |