Mavlono Sakkokiy
(127)
— Movarounnahrdindur: Samarqand ahli anga koʻp
mu’taqiddurlar va bagʻoyat ta’rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda
muarriflaridin har necha tafahhus qildimkim, aning natoiji tab’idin biror nima anglayin,
ta’rif qilgʻonlaricha nima zohir boʻlmadi. Barchadin qolsalar soʻzlari budurkim, Mavlono
Lutfiyning barcha yaxshi she’rlarn aningdurkim, oʻgʻurlab oʻz otigʻa qilibdur. Ul yerlarda
bu nav’ oʻxshashi yoʻq, mazasiz mukobaralar gohi voqe’ boʻlur. Bori ba’zisi ta’rif qilibkim
oʻqurlar, bu matla’ni anga isnod qilurkim:
Ne nozu bu, ne shevadur, ey jodu koʻzluk, shoʻhshang,
Kabki dariy tovusda yoʻq albatta bu raftoru rang.
Qabri ham ul sori — oʻqdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |