Mavlono Muhammad Muammoiy — latif va sunniy mazhab kishi erdi. Koʻp akobir
xizmatiga yetib erdi, manzuri nazarlari boʻlub erdi. Bobur Mirzo zamonida muazzam sadr
boʻldi va andin soʻngra ham salotin majlisida maqbul va maxsus erdi. Muknati chogʻida
Sherozda hazrat Xoja Hofiz qabri boshida gunbaz yasadi va Bobur Mirzoni anda tilab
ziyofag qildi. Sherozning shoʻx tab’laridan biri Mirzoning koʻzi tushar yerda devorda bu
baytni bitib erdikim:
Agarchi jumlai avqofi shahr gʻorat kard,
Xudosh xayr dihod onki, in imorat kard
(66)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |