Mavlono Mir Argʻun — xaymadoʻzluq san’atigʻa mansub erdi va qadimiy zurafodin erdi.
Soyir nazmlardin muammogʻa koʻproq moyil erdi. ismigʻa bu muammo aningdurkim:
Hiriyda favt boʻldi.
Mavlono Sadr Kotib — oshuftaroʻzgor kishi erdi, koʻpraq avqot atrok xizmatida boʻlur
erdi. Lavandliq muayassar boʻlsa erdi, na she’rdin yod qilur erdi, na xatdin. Chogʻir ani
andoq magʻlub qilib erdikim, ixtiyori hech ishda yoʻq erdi. Bu matla’ aningdurkim:
Hargiz dili moro ba gʻame shod naqardi,
Kushti digaronrovu maro yod nakardi
(96)
.
Hiriyda favt boʻldi.
Mavlono Ayoziy — gʻarib shakllik kishi erdi. Atvori va soʻzi xoh nazm, xoh nasrda gʻarib
erdi. Faqir bir majlisda Puli Molonda ani koʻrdum, bir anjumanda bir kasidasin oʻquydur
Do'stlaringiz bilan baham: |