Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
65
library.ziyonet.uz/
Mavlono Haqiriy — emdi paydo boʻlgʻon xush tab’ yigitlardindur. Ammo tab’ida xili
choshnisi bor. Hiriyliqdur. Bu matla’ aningdurkim:
Meravam dar goʻshai mayxona cho xush mekunam,
Jomi may meyobamu onjo furukash mekunam
(167)
.
Mavlono Asiriy — ham emdi zuhur qilgʻan shuarodindur. Ammo nazmi hanuz shuhrat
tutmaydur va she’rida masal ravishi bor. Bu matla’ aningdurkim:
Shudam az yor judovu ba balo uftodam,
Chi balo bud ki az yor judo uftodam
(168)
.
Mavlono Sa’d — mutasarrif tab’liq shoirdur va tab’ida xeyli xayolangezlik bor. Bu matla’
aningdurkim:
Bargi gul nestki uftoda ba tarfi chaman ast,
Punbai dogʻi dili bulbuli xunin kafan ast
(169)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |