Mavlono Darvesh Ali — tabobatqa mashgʻuldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning
tab’in ta’rif qiladurlar. Muolijasin ham koʻrganlar oʻkodurlar. Tab’i ham yaxshidur. Ammo
muammogʻa koʻprak mashgʻuldur.
Mavlono Qalloshiy
(149)
— atvori taxallusigʻa munosib kishidir. Goʻyo ushbu
munosabatdin bu taxallusni ixtiyor qilibdur. Bu matla’ aningdurkim:
Onki, bar xuboni olam podshoh dorad turo,
Hoham az chashmi badi mardum nigoh dorad turo
(150)
.
Mavlono Gadoiy
(151)
— turkigoʻydur, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo zamonida
she’ri shuhrat tutti, bir nav’i aytur va uning mashhur matla’laridin biri budurkim:
Ohkim, devona koʻnglum mubtalo boʻldi yana,
Bu koʻngulning ilgidin jongʻa balo boʻldi yana.
Mavlononing yoshi toʻqsondin oʻtubdur. Bu matla’ aningdurkim:
Dilbaro, sensiz tiriklik bir baloi jon emish
Kim, aning dardi qoshpda yuz oʻlum hayron emish.
Do'stlaringiz bilan baham: |