Ozbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/234
Sana04.08.2021
Hajmi1,59 Mb.
#137703
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234
Bog'liq
boshlangich talim oquv fanlarining nazariyasi va oqitish metodikasi boyicha maruza matnlari va amaliy mashgulotlar majmuasi (1)

 
Tong 
Tong  otdi.  Borliq  uyg‘ondi.  Qushlar  sayray  boshladi.  Quyosh  nurini  sochdi. 
Ko‘chalarda harakat boshlandi. 
Doskadagi  matn  ifodali  qilib  o‘qilgach,  gapning  oxirida  ovozning  pasayishi,  yozuvda 
nuqta  qo‘yilishi,  gapning  birinchi  so‘zi  bosh  harf  bilan  yozilishi  suhbat  yordamida 
tushuntiriladi. So‘ng doskani parda bilan berkitib, matn aytib yozdiriladi. 
O‘qituvchi  birinchi  gapni  (Tong  otdi)  o‘qiydi,  ammo  undan  so‘ng  nuqta  qo‘yilishini 
aytmaydi.  O‘quvchilar  gapni  yozib,  oxiriga  tegishli  tinish  belgisini  qo‘yadilar.  O‘qituvchi 
boshqa gaplarni ham shu tartibda aytib yozdiradi. 
Matn yozdirib bolingach, doskadagi matn ochiladi.  O‘quvchilar yozganlarini doskadagi 
yozuvga solishtirib, xatolarini tuzatadilar. 
O‘qituvchi o‘quvchilar daftarini dars oxirida yig‘ib oladi, tekshirib, mustaqil ish singari 
baholaydi. 
2-sinfda so‘z oxirida jarangli undosh o‘rniga uning jarangsiz jufti eshitiladigan maktab, 
maqsad kabi so‘zlarning yozilishini mustahkamlash uchun «Mening Vatanim» she'ri matnidan 
foydalanib,  ko‘rsatish  diktanti  yozdirish  mumkin.  Bizlar  yosh  avlod,  Yashaymiz  hur,  shod. 
Mehnat-la obod, Mening Vatanim. 
Bunda  matn  ifodali  o‘qib  berilgach,  savol-javob  yordamida  o‘quvchilar  avlod,  shod, 
obod so‘zlarining oxirida kelgan «J» undoshi o‘rniga uning jarangsiz jufti bo‘lgan «t» talaffo‘z 
qilinishini, ammo yozuvda «d» harfi bilan yozilishini aytib, tekshirish yo‘lini (bunday so‘zlar 
oxirida  qaysi  harf  yozilishini  aniqlash  uchun  shu  so‘zga  unli  qo‘shib  o‘qilishi  kerakligini) 
eslaydilar.  Masalan:  avlod  —  avlodi,  shod  —  shodon,  obod  —  obodon  kabi.  Ish  quyidagi 
tartibda davom ettiriladi. 
So‘z  oxirida  kelgan  jarangli  undosh  o‘rniga  uning  jarangsiz  jufti  eshitiladigan 
so‘zlarning  yozilishini  mustah-kamlash  maqsadida  ko‘rsatish  diktantining  ikkinchi  usulidan 
ham  foydalanish  mumkin.  Bunda  matn  to‘liq  yozilmay,  balki  o‘rganilishi  lozim  bo‘lgan 
mavzuga doir so‘zlargina (shod, avlod, obod) yoziladi. 
O‘qituvchi  «Mening  Vatanim»  she'ri  matnini  bir  marta  ifodali  o‘qib  beradi.  So‘ng 
o‘quvchilarga  o‘qitib  so‘z-latadi.  Matndagi  shod,  avlod,  obod  so‘zlarini  doskaga  yozadi. 
Doskadagi  so‘zlar  ikki-uch  o‘quvchiga  o‘qitilgach,  suhbat  yordamida  o‘quvchilar  shu 
so‘zlarning aytilishi va imlosini, so‘zlarning oxirida qanday harf yozilishini tekshirish yo‘lini 
tushuntiradilar  yoki  o‘qituvchining  o‘zi  tushuntirib  beradi.  Shundan  so‘ng  doskadagi  so‘zlar 


 
 
 
32 
parda  bilan  berkitib  qo‘yiladi  va  aytib  yozdiriladi.  Shu  so‘zlar  yozib  bo‘lingach,  yozuv 
taxtasidagi so‘zlar ko‘rsatiladi, o‘quvchilar yozganlarini tekshiradilar. 
Ko‘rsatish  diktantini  o‘tkazish  uchun  mustahkamlanishi  ko‘zda  to‘tilgan  mavzuga  doir 
matnni  «Ona  tili»  yoki  «o‘qish  kitobi»dan,  shuningdek,  badiiy  adabiyotlardan  tanlash  liam 
mumkin. 
Mazkur  to‘plamda  ko‘rsatish  diktanti  uchun  tavsiya  etilgan  matnlardan  o‘qituvchi  o‘z 
o‘quvchilarining  bilim  saviyasi,  qabul  qilish  darajasiga  qarab  foydalanishi,  ayrim  matnlarga 
ijodiy yondashishi ham mumkin. 
Ko‘rsatish  diktanti  o‘quvchilarning  ko‘rish,  idrok  etish  sezgilari  bilan  eshituv 
sezgilarining taraqqiy etishiga yordam beradi. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish