2-ilova
Internetdan ma’lumotlarni qidirish– Internet tarmog‘ida ma’lumotlar miqdori shu
qadar ko‘pki, hatto tasavvur ham qilish qiyin. Bu ma’lumotlar orasidan o‘zingizga keragini
topib olish esa ancha murakkab ish bo‘lib hisoblanadi. Ana shu ishni osonlashtirish maqsadida,
maxsus ma’lumotlarni qidirish sistemalari yaratilgan. Bular orqali bir zumda o‘zingizni
qiziqtirgan ma’lumotni topib olishingiz mumkin. Faqat boshlanishida sizga bir oz tajriba
yetishmasligi mumkin. Keyinchalik bu ish haqiqatdan ham oddiy ekanligiga o‘zingiz ishonch
hosil qilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |