R. R. Boqiyev, R. Yu. Mehmonov, D. K. Husniddinova kompuòer o‘rgaòish meòodikasi pedagogika kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 2-nashr «iqtisod-moliya»


I BOB. KOMPUÒER SAVODINI O‘RGAÒISH



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana03.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#137657
1   2   3   4   5
Bog'liq
xrpt 1kmangx25b0rid0ehoyjl7y7n41neoj51x6d4r6ys5f28e7futo8od547uhb0r6zd148hzu1t1p

I BOB. KOMPUÒER SAVODINI O‘RGAÒISH

MEÒODIKASINING UMUMIY MASALALARI

1.1-§  KOMPUTER  SAVODINI  O‘RGATISH

METODIKASINING  MAQSADI  VA  VAZIFALARI

Maktabgacha  ta’lim  uzluksiz  ta’lim  tizimining  boshlang‘ich

bo‘g‘ini  bo‘lib  hisoblanadi.  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida

maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  ta’lim  va  tarbiya  berish,  ularni

maktabga tayyorlash uchun hozirgi kunda etuk mutaxassislar o‘rta-

maxsus va kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda.

Ular qatorida pedagogika kollejlari alohida o‘rin tutadi.

Pedagogika kollejlarining o‘quv rejasidan o‘rin olgan "Komputer

o‘rgatish metodikasi" predmeti tayyorlanayotgan mutaxassislarning

metodik tayyorgarligida muhim o‘rin tutadi.

  Umuman  olganda  muayyan  fanni(predmetni)  o‘qitish

metodikasida quyidagi asosiy masalalar ko‘riladi va hal etiladi:

- fan(predmet)ni tegishli ta’lim bosqichida o‘qitishning maqsadi

va vazifalari qanday;

- o‘quv predmeti sifatida uning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;

- o‘quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o‘quvchilarga

etkazilishi kerak;

-  o‘quv  materialini  to‘liq  va  chuqur  o‘rganish  uchun  qanday

usul, shakl va  vositalardan foydalanish lozim.

 Boshqacha qilib aytganda, o‘qitish metodikasi oldida an’anaviy

savollar uchligi qo‘yiladi:

- fan(predmet)ni nima uchun o‘rganish kerak (ya’ni, maqsad va

vazifalarni aniqlash)?

- nimani o‘rganish kerak (ya’ni, mazmunni aniqlash)?



- qanday o‘rgatish kerak (ya’ni, tanlab olingan o‘rgatish shakli

doirasida ta’limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?

"Komputer o‘rgatish metodikasi" predmetida ham yuqorida aytib

o‘tilgan masalalar ko‘rib chiqiladi va qo‘yilgan savollarga javob

beriladi.

Komputer savodini o‘rgatish metodikasining o‘ziga xos hususiyatlari-

dan biri o‘quvchilarni boshlang‘ich komputer savodxonligining mazmu-




6

nini va unga mos bo‘lgan ilmiy izlanish usullarini, amaliy bilimlar va ish

ko‘nikmalarining usul va yo‘llarini belgilash masalasidir. Bularga o‘quv

materialini o‘rganish usullari va zamonaviy pedagogik va psixologik tadqiqotlar

asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari kiradi.

  Komputer  savodi  mashg‘ulotlarini  samarali  o‘tkazish  uchun

tegishli  moddiy  va  material  baza,  ya’ni  maxsus  jihozlangan

informatika xonasi bo‘lishi lozim. Undagi texnika xavfsizligi qoidalari,

xonada  komputerlarni  joylashtirish  konfigurasiyasini  zamonaviy

talablarni  hisobga  olgan  holda  tanlash  va  jihozlashni  hal  etish

komputer o‘rgatish metodikasining yana bir masalasini tashkil etadi.

Komputer  savodini maktabgacha yoshdagi bolalarga  o‘rgatish

uchun  tarbiyachi  yoki  o‘qituvchi  avvalambor  komputer  haqida

umumiy tushunchaga ega bo‘lishi, uning rivojlanish tarixini va dasturiy

ta’minotini  yaxshi  bilishi,  komputerdan  foydalanish  usullarini

mukammal egallagan bo‘lishi kerak.

  Komputer  savodini  o‘rgatish  metodikasi  bog‘cha  yoshidagi

bolalarga komputer savodini o‘rgatish jarayonining qonun-qoidalari,

vositalari va usullarini o‘rgatadi.

  Komputer  savodini  o‘rgatish  metodikasining  asosiy  vazifasi

bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilarga  bog‘cha  yoshidagi  bolalarga

komputer  haqidagi  dastlabki  ma’lumotlarni  berish,  ularni

komput erda  ishlay  olish  ko‘nikmalarini  shakllantir ish  va

mashg‘ulotlarda komputerdan  foydalanish usullarini  o‘rgatishdan

iborat.

  "Komputer  o‘rgatish  metodikasi"  predmeti  orqali  bolalarni

komputer olami bilan tanishtirish, komputer texnikasi bilan ishlashga

qiziqtira olish, ularga ma’lumotlarni tushunarli va oson tarzda, asosan

o‘yinli ko‘rinishda ko‘rgazmali ravishda yetkazish, qo‘shimcha texnik

vositalar va ulardan foydalanish usullarini o‘rgatish kabi vazifalar

ham hal etiladi.

  Komputer  savodi  bo‘yicha  mashg‘ulotlarni  qoniqarli  va

ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan komputer xonasi

va zaruriy axborot texnologiyalari vositalari bo‘lishi zarur. Bunda

texnika  xavfsizligi  qoidalari,  sanitariya-gigiyena  sharoiti,  zaruriy

axborot texnologiyalari, xususan, komputerlarga e’tibor berish zarur.

  Mashg‘ulot  o‘tish  uchun  turli  faol  va  interfaol  metodlardan

foydalanishga  to‘g‘ri  keladi.  Bo‘lajak  tarbiyachi  komputer  savodi

bo‘yicha mashg‘ulot o‘tish uchun turli o‘qitish va o‘rgatish metodlarni



7

bilishi va ulardan kerakli joyda unumli va samarali foydalana olishi

zarur.  Ana  shu  bilimlarni  egallashda  ham  "Komputer  o‘rgatish

metodikasi" predmetining roli va ahamiyati kattadir.




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish