38
Mamlakatda
modernizatsiyalash
darajasini
ifodalaydigan
mezonlar
(ko’rsatkichlar)
sifatida sanoat ishlab chiqarishi tarkibining takomillashuvi sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va
asosiy kapitalga investitsiyalar nisbati, eksport va import tovarlar tarkibining o’zgarishini
ko’rsatish mumkin.
5-jadval
O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishning ichki tarmoq tarkibi (% hisobida)
Sanaot tarmoqlari
2000
yil
2005
yil
2010
yil
Sanaot mahsulotlari ishlab chiqarish, jami shundan:
100,0
100,0
100,0
Elektroenergetika
8,5
11,3
8,4
Yoqilg’i
15,3
16,2
19,2
Metallurgiya
11,4
19,4
11,3
Mashinasozlik va metalga ishlov berish
9,9
13,0
16,2
Qurilish materiallari
5,4
3,6
5,0
Engil sanoat
19,1
16,6
13,4
Oziq-ovqat
13,3
8,2
12,6
Jadval ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, o’tgan o’n yillikda O’zbekiston sanoatida
ishlab
chiqarish
tarkibining
takomillashuvi
xo’jalikning energiya xom-ashyo tarmoqlari
rivojlanishi hisobiga emas, balki mashinasozlik va metallsozlik sohasi ulushining keskin o’sishi
(64 foiz) barobarida kechdi. Bu iqtisodiyot sektorlarining modernizatsiyalash va rekonstruktsiya
qilish jarayonlaridagi ijobiy holatlar hisoblanadi. Ammo shuni ham ta’kidlash joizki, o’tgan davr
mobaynida qayta ishlash tarmoqlarida yengil va oziq-ovqat sanoatlari ulushining pasayishi
kuzatildi. Bu holat mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishda hali
barqaror ijobiy natijalarga erisha olmaganimizni, iqtisodiy o’sishda xom-ashyo yo’nalishining
barham topmaganligini bildiradi. Biz, albatta, ―kechikkan modernizatsiya‖, ―quvib boruvchi
modernizatsiya‖ modellari yo’lidan bormasligimiz kerak. Bu modellar odatda sobiq mustamlaka
va yarim mustamlaka, qoloq mamlakatlar tomonidan qo’llanadi, ular o’z ichki imkoniyatlari
hisobiga
modernizatsiyalashni
amalga
oshirishga
qodir
emas.
Bunday
sharoitda
modernizatsilashning Yevropa va AQSHda qaror topgan endogen tipini milliy zaminga
o’zlashtirib ko’chirish samaraliroq, tejamliroq va maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekiston uchun esa modernizatsiyaning endo-egzogen qo’shma tipi, ya’ni
modernizatsiyalashni o’ziga tegishli, ichki imkoniyatlarga tayanib, shu bilan birga rivojlangan
mamlakatlar tajriba va yordamidan foydalanib amalga oshirish samaraliroq bo’ladi. Bu xulosani
quyidagi jadval ma’lumotlaridan ham ko’rish mumkin.
6-jadval
O’zbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish va asosiy kapitalga investitsiyalarning
Do'stlaringiz bilan baham: