qurilishi, madaniy-maishiy muassasalar, ta’lim va sog’liqni saqlash
sohalarining mustaqil moddiy-texnik poydevorini yaratish qurilish sohasining
mazmunini tashkil etadi.
Sobiq SSSR davrida respublikada transportning muhim turi bo’lgan dengiz
transportiga ega emasligimiz, temir yo’lning esa past darajadaligi va faqat bir
tomonga, shimolga qaratilganligi ushbu jabhalarda chuqur o’zgarishlarni amalga
oshirishni nazarda tutdi. SHuning uchun bu sohani rivojlantirishga katta e’tibor
berildi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, havo transporti respublika xayotida
muhim o’rin egallaydi. «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi
dunyoning ko’plab mamlakatlari bilan passajir va yuk tashish aloqalarini o’rnatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |