O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


ustuvor  vazifalarni  olg’a  surgan  edi.  Ijtimoiy  sohalarning  muhimligini  ta’kidlab  shunday



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

ustuvor  vazifalarni  olg’a  surgan  edi.  Ijtimoiy  sohalarning  muhimligini  ta’kidlab  shunday 
degan  edi:  ―O’ylaymanki,  ijtimoiy  infratuzilmani,  ta’lim  va  sog’liqni  saqlash  sohalarni  yanada 
rivojlantirish,  nafaqa  bilan  ta’minlash  tizimini  takomillashtirish,  aholini  ekologik  va  boshqa 
xavf-xatarlardan  muhofaza  etish,  qisqa  qilib  aytganda,  odamlarimizning  sotsial  soha  bo’yicha 
talab  va  e’tirozlarini  qondirish  masalalarini  har  tomonlama  kuchaytirish  lozimligini  isbotlab 
o’tirishga  hojat  bo’lmasa  kerak‖.
21 
 
Ijtimoiy  soha  taraqqiyotning  qay  darajadaligi  ma’lum  jihatdan  mamlakatdagi  siyosiy  va 
psixologik 
muhitni, 
aholining  umumiy  kayfiyatini  beligilaydi.  Ijtimoiy  sohalarning  o’sishi 
hududlarning  umumiy  iqtisodiy  taraqqiyoti  darajasini  ko’rsatuvchi  belgi  bo’lib  xizmat  qiladi. 
 
Milliy  iqtisodiyoting  asosiy  muammolariga  faqat  iqtisodiy  jihatdangina  emas,  balki 
ijtimoiy  taraqqiyot  nuqtai  nazaridan  qaralishi  lozim.  SHundan  ko’rinib  turibdiki,  ijtimoiy  sohalar 
moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash  masalasi  bozor  munosabatlariga  o’tishning  eng  muhim 
vazifalaridan  biri  bo’lib  qoladi.  Ijtimoiy  sohalar  faoliyatining  samaradorligi  uning  barcha  asosiy 
tarkibiy  qismlarining  kompleks  rivojlanishiga  bog’liq.   
 
Mustaqillik  yillarida  ijtimoiy  sohaning  barcha  tarkibiy  qismlarini  rivojlantirish  borasida 
muhim,  diqqatga  sazovar  ishlar  amalga  oshirildi  va  oshirilmoqda.  Aholini  ijtimoiy  himoya  qilish, 
ularga  tibbiy  yordam  ko’rsatish,  ta’lim-tarbiya,  madaniyat,  dam  olish,  uy-joylar  sharoitini 
yaxshilash,  maishiy  xizmat  ko’rsatish  kabi  qator  sohalarni  yaxshilash  borasida  ulkan  ishlar 
                                                 
21
 
И.Каримов  Биз  танлаган  йўл  демократик  тараққиѐт  ва  маърифий  дунѐ  билан  ҳамкорлик  йўли.    Т. 
Ўзбекистон.  2003.  32-  бет.
 


 
103 
amalga  oshirildi.  Istiqlol  yillarida  mamlakatimiz  aholisini  ijtimoiy  qo’llab-quvvtlashga  oid  30 
dan  ortiq  qonunlar  yaratilda  va  ular  amaliyotda  keng  qo’llanilmoqda.  2007  yil  ―Ijtimoiy  himoya 
yili‖  deb  nomlandi  va  juda  katta  davlat  dasturi  qabul  qilindi.  Unda  ijtimoiy  himoyani  yanada 
mustahkamlashga  qaratilgan  yettita  yo’nalish  bo’yicha  katta vazifalar  amalga  oshirildi. 
Prezidentimiz  I.  Karimov  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining  yigirma  bir  yilligiga 
bag’ishlangan  tantanli  marosimdagi  tabrik  so’zida  shunday  degan  edi:  ―istiqlol  yillarida 
O’zbekiston  iqtisodiyoti  qariyb  3,7  barobar,  aholimizning  real  daromadlari  jon  boshiga  7 
barobar,  o’rtacha  pensiya  mikdori  qariyb  9  barobar,  oylik  ish  haqi  esa  18  barobar  oshgani, 
odamlarimizning  umr  ko’rish  darajasi  o’rtacha  7  yilga  uzaygani,  yoqilg’i  va  g’alla  mutaqilligiga, 
o’zimizni  o’zimiz  go’sht,  sut  va  boshqa  iste’mol  mollari  bilan  to’liq  ta’minlashga  erishganimiz 
bularning  yaqqol  tasdig’idir. 
Bularning  barchasi  avvalo  mustaqillikka  erishgan  birinchi  kunlardan  boshlab  ―Islohot  – 
islohot  uchun  emas,  avvalo  inson  uchun‖  degan  printsipni  hayotga  tatbiq  etganimizning  amaliy 
samarasi,  desak, hech  kanday  xato bulmaydi. 
O’tgan  yillar  mobaynida  yurtimizda  uy-joy  xajmining  ko’rsatkichi  qariyb  2  barobar  oshdi, 
oilalarning  98,5  foizi  o’zining  shaxsiy  uy-joyi  yoki  kvartirasiga,  qishloqlarda  yashayotgan 
oilalarning  97,5 foizi  shaxsiy  tomorqasiga  ega bo’ldi. 
Bundan  yigirma  bir  yil  oldin  har  o’nta  oiladan  bor-yo’g’i  bittasi  shaxsiy  mashinaga  ega 
bo’lgan  bo’lsa,  bugungi  kunda  har  uchta  oilaning  bittasida  avtomobil  mavjud  ekani,  har  uch 
nafar  yurtdoshimizdan  biri  internet  tarmog’idan  foydalanib  kelayotgani  xalqimiznig  farovonligi 
tobora ortib  borayotgani,  uning  emin-erkin  yashayotganini  namoyon  etadi.‖ 
Ijtimoiy  rivojlanish  masalalarini  xal  etishda  ijtimoiy  sohani  moliyalashtirish  ko’lami  va 
ushbu  maqsadlarga  ajratilgan  mablaglardan  samarali  foydalanish  masalalari  muhim  hisoblanadi. 
Mustaqillik  yillarida  ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  muhofazasi  uchun  yo’naltirilgan  davlat 
xarajatlari  2  barobardan  ziyod  oshdi.  Buni  dalili  sifatida,  ijtimoiy  soha  va  aholini  qo’llab 
quvvatlashga  davlat  byudjeti  xarajatlaridan  1990  yil  31,5%  ajratilgan  bo’lsa,  2000  yilda  42,5% 
ni,  2012  yil  59,2%  ni  tashkil  kildi.  Uning  34%  dan  ortig’i  ta’lim,  14,5%dan  ko’prog’i  sog’liqni 
saqlash  sohalarini  moliyalashtirishga  yo’naltirildi.  Ijtimoiy  sohaning  mamlakatimiz  YaIMdagi 
ulushi  bugungi  kunda  52% dan ziyodni  tashkil  etmoqda.   

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish