Aloqa infrastrukturaning muhim bo’g’ini. Aloqa O’zbekiston Respublikasi xo’jalik va
ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi bo’lib, aholi, xo’jalik subьektlari, davlat idoralarining
pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning o’zga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa
tarmog’i
orqali
jo’natilayotgan
ashyolarni
yetkazib
berishga
bo’lgan
ehtiyojlarining
qondirilishini ta’minlaydi. Aloqa ommaviy axborotlarni tarqatish, shuningdek, iqtisodiyotni
boshqarishda muhim rolь o’ynaydi. O’zbekiston Respublikasida aloqa korxonalari aholiga
hamda iqtisodiyot tarmoqlariga pochta, telegraf hamda mahalliy, shaharlararo, xalqaro
telefon aloqa xizmati ko’rsatadi, shuningdek, respublikada radioaloqa, radieshittirish va
televidenieni texnika vositalari bilan ta’minlaydi. Aloqa majmuasi-matbuot tarqatish, uyali
(radiotelefon) aloqa, elektr aloqa, kosmik yo’ldoshlar orqali aloqa respublika xayotida
Do'stlaringiz bilan baham: |