78
SHu bilan birga, bu chora-tadbirlar meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlashni 1,5
barobar, kartoshka yetishtirishni 1,4 barobar, poliz va uzum ye tishtirishni 1,3
barobar ko’paytirish, ularning qishloq xo’jaligi ekinlari tarkibidagi umumiy ulushini, texnik
ekinlar va g’alla yetishtirish hajmini barqaror saqlab qolgan holda, 2010 yildagi 59 foizdan
2015 yilda 70 foizga yetkazish hisobidan qishloq xo’jaligida ishlab-chiqarish tarkibini sifat
jihatidan o’zgartirishga ko’maklashadi.
2011 – 2015 yillarda chorvachilikning yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish
doirasida
naslchilik
ishlarini
takomillashtirish,
mustahkam
ozuqa
bazasi
va
zamonaviy
texnologiyalarni
joriy etish asosida sohaga xizmat ko’rsatish infratuzilmasini yaratishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Bu chora-tadbirlar naslchilik
xo’jaliklarini 2,5 barobar, ozuqa ekinlari maydonini 1,3 barobar oshirish, zooveterinariya
punktlarini zamonaviy uskuna va inventarlar bilan ta’minlash darajasini oshirish imkonini beradi.
Natijada kelgusi yillarda yirik va mayda shoxli qoramollarning bosh soni 1,3 barobar ko’payadi,
go’sht va sut mahsulotlari 1,3 barobardan ziyod oshadi.
Parrandachilik
va
baliqchilikni
jadal
rivojlantirish
kelgusi
yillarda
chorvachilik
mahsulotlari hajmi o’sishida qo’shimcha omil bo’ladi. Xususan, parrandalar bosh sonini 2010
yilga nisbatan 1,8 barobar oshirgan holda, 1000 dan ziyod xususiy parrandachilik fermalari va
mahsulot ishlab chiqarish hajmini 1,6 barobar oshirish imkonini beradigan 670 ta xususiy
baliqchilik xo’jaligini tashkil etish mo’ljallanmoqda.
SHu bilan birga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini uzoq muddat saqlash quvvatlarini tashkil
etish va qayta ishlash hajmini kengaytirish borasidagi kompleks chora-tadbirlarga alohida e’tibor
qaratilib, qishloq joylarda zamonaviy minitexnolo- giyalar negizida qayta ishlash korxonalarini
ishga tushirish, oziq-ovqat tovarlari sifatini oshirish va assortimentini kengaytirish natijasida
2011– 2015 yillarda meva-sabzavot konservasi ishlab chiqarish 1,7 barobar, go’sht konservasi –
2,2 barobar, kolbasa mahsulotlari – 1,8 barobar, sut mahsulotlari 1,9 barobar, sariyog’ tayyorlash
1,8 barobar oshiriladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining qayd etilgan prognoz parametrlariga erishish
uchun 2011-2015 yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash va
unumdorligini oshirish choralari ko’riladi.
Maxsus tashkil etilgan Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi
mablag’lari hisobidan 2011-2015 yillarda meliorativ inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va
ta’mirlash, tomchilatib sug’orish tizimini yo’lga qo’yish va melioratsiya texnikasi xarid qilish
bo’yicha qariyb 500 million dollarga teng qator loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.
Bu esa qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ
holatini yaxshilash imkonini beradi.
Kelgusi yillarda qishloq xo’jaligi texnikasi parklarini kengaytirish va sifat jihatidan
yangilash borasidagi ishlar davom ettiriladi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ini 28 mingdan ziyod
yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan yangi avlod traktorlari, kombaynlar, bulьdozerlar,
ekskavatorlar va tirkama texnikalar bilan ta’minlash, ularga texnik xizmat ko’rsatish sifatini
yaxshilash natijasida traktorlar va kombaynlar parki o’rta hisobda 60 foiz, ekskavatorlar va
bulьdozerlar parki 90 foiz yangilanadi, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligi ortib,
ekspluatatsiya xarajatlari kamayadi.
Ushbu
chora-tadbirlarning
amalga
oshirilishi
yurtimizda
Germaniyaning
«Klaas»
kompaniyasi va boshqa ilg’or xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda zamonaviy turdagi qishloq
xo’jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadigan yangi korxonalar tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: