6.2. Qishloq xo’jaligi.
Xalqimiz turmush farovonligini yaxshilashda mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashda
qishloq xo’jalik ishlab chikarishining ahamiyati beqiyosdir. Qishloq xo’jaligi nafaqat oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarish, balki muhim xom ashyo sifatida mamlakat industriyasining
taraqqiyoti uchun ham asosiy omildir. Bu soha yirik tarmoqlararo makroiqtisodiyot majmui
bo’lib, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga
yetkazib berish bilan band bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Buni agrosanoat kompleksi deb
yuritiladi. Agrosanoat kompleksi murakkab tizim bo’lib uni isloh qilish boshqa tarmoqlar bilan
tarkibiy bog’liqligidan kelib chiqadi. SHuning uchun bu tizim 4 sohaga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |