O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

sohalari bilan birgalikda yangi sohalari ham rivojlantirila boshlandi. Bundagi 
asosiy  omillardan  birinchidan,  sanoatlashuv  bo’lsa,  ikkinchidan,  servis 
sektorining  tez sur’atlarda o’sishiga ahamiyat  berilganligi  bo’ldi va hokazo.  
Iqtisodiyotimizdagi 
tarkibiy 
o’zgarishlar 
mamlakatning 
iqtisodiy 
mustaqilligini 
ta’minlash, 
iqtisodiy 
o’sishga  erishish,  aholi  farovonligini 
oshirishning  eng  muhim  shartlaridan  biri  sifatida  amalga  oshirildi.  Bu,  birinchi 
navbatda,  qishloq  xo’jaligi  xom  ashyosi  va  mineral  resurslarni  chuqur  qayta 
ishlash,  texnologik  tsiklning  tugallanganlik  darajasini  oshirish,  mamlakatning 
yoqilg’i-energetika  ta’minoti  va  oziq-ovqat  mustaqilligiga  erishishga  oid 
muammolarni  hal  etishda  o’z  ifodasini  topdi.  Tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga 
oshirishda  import  o’rnini  bosuvchi  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  ustuvor 
yo’nalishlardan  hisoblanadi.  Ilgari  faqat  chetdan  keltirilgan  minglab  turdagi 
mahsulotlarni,  shu  jumladan,  avtobenzin,  konchilik  sanoati,  quvurlar  ishlab 
chiqarish  uchun  asbob-uskunalar,  yengil  avtomashinalar,  murakkab  maishiy 
texnika,  optik  tolali  va  boshqa  xil  kamyob  tovarlar  ishlab  chiqarish  keng  yo’lga 
qo’yildi.  Bugun  minglab  turdagi  sanoat  mahsulotlarining  yorliqlariga  biz 
ko’rganda  faxr-iftixor  tuyg’ularini  his  qiladigan  so’zlar  bitilgan  –  ―O’zbekistonda 
ishlab chiqarilgan‖. 
O’zbekistonda  xususiy  va  kredit-moliya  mablag’larining  asosiy  qismi  ishlab 
chiqarishni  kengaytirish  uchun  asos  yaratish  maqsadlariga  safarbar  etildi.  Bular 
avtomobilь  va  neftni  qayta  ishlash  zavodlari,  yangi  temir  yo’l  va  avtomobilь 
yo’llari  qurilishi,  shahar  va  qishloqlarni  obodonlashtirish,  shuningdek,  o’nlab 
modernizatsiya  qilingan  yangi  yengil,  to’qimachilik  va  oziq-ovqat  sanoati 
korxonalaridir.  Ta’kidlash  joizki,  O’zbekistonning  industrial  qudrati  ilgari,  asosan 
Toshkent,  Samarqand,  Andijon,  Farg’ona,  CHirchiq  kabi  yirik  shaharlarda 
jamlangan  edi.  Bugungi  kunga  kelib,  yangi  investitsiya  loyihalari  geografiyasi 
sezilarli  tarzda  kengaydi.  Buning  natijasida  iqtisodiyotning  tarmoq  va  hududiy 
tarkibi  mukammallashib  bormoqda. 
Ustuvor  tarmoqlarni  to’g’ri  belgilab  olish  avvallari  tanqis  bo’lgan 
mahsulotlar  turlarini  keng  miqyosda  ishlab  chiqarishga  keng  yo’l  ochish  bilan 
cheklanmadi,  balki  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tarkibining  takomillashuviga  ham 
yordam  berdi.  Ayni  paytda,  iqtisodiy  taraqqiyotda  o’ziga  xos lokomotiv vazifasini 
ham  o’tadi.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  jarayonida  asosiy 
sanoat 
tarmoqlarini 
rivojlantirishni 
jadallashtirish, 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish,  iqtisodiy  salohiyatini  kuchaytirish  va 


 
59 
import  o’rnini  bosuvchi  mahsulotlar  turlarini  ishlab  chiqarishni  qo’llab-quvvatlash, 
ichki  bozorni  xalq  iste’moli  tovarlari  bilan  to’ldirish,  kommunikatsiya  va  ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasi 
tizimini 
rivojlantirish, 
investitsiya 
faoliyatini 
jadallashtirish,  O’zbekistonning  eksport  imkoniyatlarini  kengaytirish,  tashqi 
iqtisodiy  faoliyatni  rag’batlantirish  bilan  bog’liq  boshqa  yo’nalishlar  eng  ustuvor 
vazifalar  sifatida  belgilab  olindi.  Investitsiyalar  tarkibida  ishlab  chiqarish 
tarmoqlari  ulushi  70  foizdan  oshib  ketdi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  yalpi  ichki 
mahsulot ishlab chiqarishning  real ko’rsatkichlarini  oshirish sari keng yo’l ochdi. 
Eng  muhim  tarmoqlar  bilan  bir  qatorda  ilg’or,  yuksak  ilmtalab  yuqori  ishlab 
chiqarishlar  –  avtomobilsozlik,  samolyotsozlik,  qishloq  xo’jaligi  mashinasozligi, 
elektrotexnika  sanoati,  mashinasozlik  va  metallsozlik,  shuningdek,  iste’mol 
tovarlari  ishlab  chiqaruvchi  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlari  ham  jadal 
rivojlantirilmoqda.  Neftь-gaz  qazib  olish  va  qayta  ishlash  sanoati,  rangli 
metallurgiya,  avtomobilь  sanoatida  yaratilayotgan  qudratli  salohiyat  butun 
mamlakatimiz 
makroiqtisodiy 
barqarorligi 
va 
taraqqiyotida 
muhim 
omil 
bo’lmoqda. 
 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish