mis narxining pasayishiga, jahonda yuz berayotgan moliyaviy-iqtisodiy
inqirozga qaramay O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur’atlari barqarordir.
O’zbekistonda YaIMning o’sish sur’ati 2012 yilda ham 8,2%ni tashkil qildi.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,7%, qishloq xo’jaligi 7%ga, chakana savdo oboroti
hajmi 13,9%ga oshdi. Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi rahbari Veronika
Bakalu xonimning fikricha‖O’zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o’smoqda.
Soliq-byudjet va tashqi faoliyat sohalarida mustahkam pozitsiya, bank tizimining
barqarorligi, davlat qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik
bilan yondoshish mamlkatni global inqirozning salbiy oqibatlaridan himoya
qildi‖.
18
MDH mamlakatlaridan farqli, O’zbekistonda sakrab o’sishga harakat
qilingani yo’q. Boshqalarda iqtisodiy o’sish xom-ashyo yoki yoqilg’i-energetika
resurslarining jahon bozoridagi narxiga qarab, bir yuqorilab, bir pasayib turadi.
Iqtisodiy o’sish birdaniga 10-12%ga qadar yuqorilab borsa, so’ngra pasayib 2-
3%ga qadar tushib ketadi.
18
Халқ сўзи. 2013 йил 19 январь
55
O’zbekistonda iqtisodiyotning jahon bozori konьyunkturasiga bog’liq
tomonlari bilan birgalikda, undan holi bo’lgan sohalari ham rivoj topmoqda. Ular
mamlakat ichki bozori uchun ishlaydi va tez sur’atlarda rivojlanib boradi, tashqi
bozorga qaramlik kuchsizlanishi esa, uning barqarorligini kafolatlaydi. Ammo,
globalizatsiya sharoitida eksportga ishlash zarur bo’ladi, chunki eksporti yo’q
mamlakatning kelajagi bo’lmaydi.
O’zbekistonda iqtisodiy o’sishga, eng avvalo, zamonaviy texnologik jihozlar
bilan qurollangan yangi, ilg’or ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish va ishga
tushirish yo’li bilan iqtisodiyotga kapital qo’yilmalarni jalb etish hajmini oshirish
orqali erishilmoqda.
O’zbekistonda iqtisodiy o’sishni ta’minlashda chet ellik yirik kompaniyalar
bilan hamkorlikda Asakada yengil avtomobillar, Toshkent va Samarqandda
avtobuslar, Samarqandda yuk avtomobillari ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi,
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, SHo’rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi,
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodining rekonstruktsiya qilinishi muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. 2006 yildan Qo’ng’irot soda zavodida kalьtsiyli soda,
Samarqand kimyo zavodida nitrokalьtsiyfosfat o’g’iti ishlab chiqarilishi yo’lga
qo’yildi, 2010 yildan Dehqonobod kaliyli o’g’itlar zavodi mahsulot bera boshladi.
Mamlakatimizda industrial tarmoqlarni rivojlantirish orqali iqtisodiy o’sishga
mustahkam zamin yaratishda O’zbekiston Respublikasi ―Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasi‖ muhim rolь o’ynamoqda. Jamg’arma iqtisodiyotda ustuvor
vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladigan o’nlab strategik loyihalarni
moliyalashtirish ishlarini olib bormoqda.
Prezidentimiz
ishlab
chiqqan
―Demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi‖ iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini
ta’minlashga muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda iqtisodiy o’sishni
ta’minlashda 2011-2015 yillarga mo’ljallangan to’rtta strategik dasturning amalga
oshirilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu dasturlar sanoat, infratuzilma,
transport va aloqa qurilishini rivojlantirish, moliya-bank tizimini isloh qilish va
barqarorligini oshirish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi.
Dasturlarning asosiy vazifasi makroiqtisodiy barqarorlik, yaqin yillarda
yalpi ichki mahsulotning yillik o’sish sur’atlarini 8 foizdan kam bo’lmagan
darajada ta’minlash, iqtisodiy o’sishning sifat ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash,
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning ichki va tashqi bozordagi
raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatning ishlab chiqarish va resurslar
salohiyatidan unumli foydalanish va yangi ish o’rinlarini yaratishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 11 apreldagi ―Angren‖ maxsus
industrial zonasini barpo etish to’g’risidagi farmoni ham xuddi ana shu yuqorida
qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 2008 yilning
oxirida xukumatimiz raxbarining bevosita tashabbusi bilan mintaqaviy va
qit’alararo noyob logistika markazi sifatida ―Navoi‖ erkin industrial-iqtisodiy zona
(EIIZ) tashkil etilgan edi.
56
6. Iqtisodiyotni boshqarish tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlarni tahlil
qilish
Sobiq ittifoq parchalanib ketgach, O’zbekistonda umumittifoq vazirliklari
tugatildi.
O’zbekiston hududida joylashgan ittifoq va ittifoq-respublika
bo’ysunuvidagi korxonalar milliylashtirildi. Bu korxonalar o’z faoliyat sohalariga
qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq kontsernlari, davlat uyushmalariga
aylantirildi. Islohotlarni birinchi bosqichi mobaynida tarmoq vazirliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |