Ishlab chiqarishning stend usuli turlari klassifikatsiyasining asosini turli
omillar tashkil etadi:
- stendga biriktirilgan maxsulotning o‘lchamlari;
- konstruksiyaning stendda joylashishi;
- stend qurilmasining konstruktiv jixatlari;
- ishlab chiqarishssiklining davomiyligi.
Ishlab chiqarish uchun biriktirilgan maxsulotlarning o‘lchovi va turiga qarab
stend qurilmalari maxsus (zina pillapoyalari va maydonchalarini tayyorlash uchun
kassetalar, kranosti balkalari poligonal ferma va boshqalar uchun stendlar) va
universal (texnologik jixatdan bir turli maxsulotlar ishlab chiqarish uchun) bo‘ladi.
Stend qurilmalarining konstruktiv jixatlariga maxsulotlarning ularda
vertikal, gorizotal, ketma-ket, donalab, paket xolida joylashishi ta’sir etadi.
Tuzilishiga ko‘ra stend qurilmalari statsionar va qismlarga ajratiladigan bo‘lishi
mumkin. Statsionar qurilmalar metall qolip, yuzasi silliqlangan beton va temirbeton
matritsa-qoliplar ko‘rinishida tayyorlanadi. Qismlarga ajratiluvchi metall va
temirbeton qoliplar echiluvchi kasseta va stend-qoliplar ko‘rinishida bo‘ladi.
Paketli stendlar uchun armatura o‘ram paketlari (uchlaridagi qisqichlari bilan)
alohida qurilmada yig‘iladi va stend yoki qoliplarning tigaklariga o‘tqazib
mahkamlanadi. Uzun stendlarda stendning bir uchiga o‘rnatilgan armatura simini
o‘ramidan echib, stendning bevosita qoliplash liniyasining uzunligi bo‘yicha
ikkinchi uchiga tomon tortib borib, tirgaklarga maxkamlanadi.
Paketli stendlarda ko‘ndalang kesim yuzasi nisbatan kichik va kesim yuzasida
armaturaning ixcham joylashgan maxsulotlani ishlab chiqarish maqsadga
muvofiqdir. Katta ko‘ndalang kesim yuzaga ega, balandligi va e’ni katta, donalab
yoki guruhli armaturalash mo‘ljallangan uzun maxsulotlarni uzun stendlarda ishlab
chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Uzun o‘lchamli oldindan zo‘riqtirilgan maxsulotlar uzunligi 75 m va undan
uzun, uzunligi bir va eniga ikki va undan ortiq qisqa stendlarda ishlab chiqariladi.
Uzun stendlar bir vaqtning o‘zida bir chiziqda ketma-ket joylashgan va
yagona qoliplash tizimini tashkil qilgan qoliplarda bir necha bir hil maxsulotlar
ishlab chiqariladi. Bu liniyada armaturani taranglash, betonlash va maxsulotlarning
qotishi ana shu liniyaning butun uzunligi bo‘yicha bajariladi.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarishning qisqa
stendlaridan bir turi bu kuchli qoliplardir.
Quyida ba’zi temirbeton konstruksiyalarini stend usulida ishlab chiqarilishini
misollarda ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: