Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi


Ko‘p kovakli temirbeton maxsulotlarini qoliplash



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/130
Sana03.08.2021
Hajmi3,57 Mb.
#137026
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
Bog'liq
oldindan zoriqtirilgan temir-beton konstruksiyalari texnologizsi

Ko‘p kovakli temirbeton maxsulotlarini qoliplash 
Temirbeton  mahsulotlarini  tayyorlashda  ularni    qoliplash  texnologik 
jarayonning asosiy bo‘lib, o‘z ichiga beton qorishmasini qolipga joylash, tekislash va 
zichlash,  yuza  qismnm  tekislash,  qoliplarning  tagi  va  devorlarini  ortiqcha  va  oqib 
chiqqan beton qorishmasidan tozalash kabi jarayonlarni oladi (5.6, 5.7–rasm). 
Maxsus qoliplash uskunalarida turar joy, fuqaro va sanoat qurilishi uchun og‘ir 
betondan keng ko‘lamda ommaviy tarzda ko‘p kovakli orayopma panellari,  qoplama 
plitalari,  quvurlar,  qoziqlar,  fundament  bloklari,  elektr  uzatkich  va  aloqa  tizimlari 
tayanchlari va boshqalar kabi ko‘p turli mahulotlar ishlab chiqariladi. 
Temirbeton zavodlari ishlab chiqaradigan temirbeton mahsulotlar orasida ko‘p 
kovakli  orayopma  panellarini  ishlab  chiqarish  eng  ko‘p  tarqalgan  va  ahamiyatli 
o‘ringa  ega.  Maxsulotlarni  ishlab  chiqarishda  qolipga  beton  joylab.  Zichlangandan 
so‘ng qolip devorlarini echiladigan,  mahsulotlarni zudlik bilan qolipdan echish usuli 
eng  samarador  usullardan  biri  deb  xisoblanadi.  Bunday  usul  qoliplarni  tayyorlash 
uchun  zarur bo‘ladigan metallni iqtisod qilish imkonini beradi. 
Ko‘p  kovakli  panellarni  qoliplashda  kovak  xosil  qiluvchilar  va  armatura 
qoliplashni  qiyinlashtiriladi.  SHuning  uchun  yupqa  devorli  va  qobirg‘ali  panellarni 
tayyorlashda mayda to‘ldirgichli beton qorishmasidan foydalaniladi. To‘ldirgichning 
eng  yirik  o‘lchami  kanal  hosil  qiluvchilar  yoki  qobirg‘a  devori  qalinligi 
o‘lchamining yarmidan katta bo‘lmasligi kerak.  
Mayda to‘ldirgichli plastik beton qorishmalaridan foydalanilganda kovak hosil 
qiluvchili qoliplarni to‘ldirish oson bo‘ladi, ammo bunday qorishmadan tayyorlangan 
buyumlar  o‘z  shaklini  yomon  sao‘laydi.  SHuning  uchun  ko‘p  kovakli  buyumlarni 
qoliplashda  bikrligi  60  sekunddan  kam  bo‘lmagan  beton  qorishmalaridan 
foydalaniladi. 
Bikrligi yuqori bo‘lgan beton qorishmalari qolipni yomon to‘ldirganlari uchun 
ularning  joylashuvchanligi  beton  qorishmasini  qolipga  joylash  vaqtida  titratishning 
jadalligini oshirish usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Ko‘p kovakli plitalarni tayyorlashdagi beton qorishmasini ikki vibratsiyani xil 
usulda  –  qolipni  titratish  stoliga  o‘rnatib  vibratsiya  qilish,  yoki  kovak  hosil 
qiluvchilar    orqali  vibratsiya  qilish  mumkin.  Ikkinchi  usul  samaraliroq  xisoblanadi. 
Ba’zi  uskunalarda  ikkala  usuldan  xam  foydalaniladi.  Bundan  tashqari  beton 
qorishmasining  ustiga  qorishmaning  og‘irlik  kuchi  va  joylashuvchanligini  oshirish 
maqsadida vibroshitdan foydalaniladi. 
Titratish  stolida    bikr  qorishmalardan  buyum  tayyorlanganda  shit  va 
vibroshitdan  foydalanish  yuqori  sifatli  buyumlarni  ishlab  chiqarish  va  va  qoliplash 
vaqtini    qisqartirish  imkonini  imkonini  beradi.  Bu  asosiy  vibrouskunalar 
amplitudasini oshirishga qaraganda  samaraliroqdir. 


 
SHitning  vaznini  oshirish  zarur  samarani  bermaydi,  chunki  bu  vaqtda  beton 
qorishmasining tebranish amplitudasi pasayadi.  
Panellarning  yuqori  sifati  nafaqat  beton  qorishmasining  to‘g‘ri  joylangani  va 
zichlangani,  balki  qoliplarning  yaxshi  tozalanganligi,  moylanganligi  va  armaturani 
to‘g‘ri o‘rnatilganiga xam bog‘liq.  
Ko‘p  kovakli  orayopma  panellarni  tayyorlash  uchun  uskunalar  uskunalar 
tizimi  -  qoliplash  mashinasi,  beton  yotkizgich,  vibroyuk  yoki  shit  va  joylagich 
qolipini o‘z ichiga oladi. 
Dumaloq  ko‘p  kovakli  temirbeton  orayopma  panellarini    qoliplash  SMJ-117 
mashinasi  (5.7  -  rasm)  karetka  (2),  yo‘naltiruvchi  va  vibrovklashishlar  (3)  (vibro 
kovak  hosil  qiluvchilar)  dan  iborat.  Vibro  vkladishlar  maxkamlangan  karetka 
yo‘naltiruvchilarida  mashinaning  bo‘yicha  xarakatlanadi.  Kanal  xosil  qiluvchilar 
diametri  159  mm  bo‘lgan  po‘lat  trubalardan  iborat.  Ularning  ichida  quvurni  titrash 
xarakatiga keltiradigan bir valda muvozanatga keltirilgan vibratorlar o‘rnatilgan.  
Bu  mashinaning  unumdorligi  soatiga  69,7  m2,  qoliplashssikli  –  9  minut, 
tayyorlanadigan panellarning o‘lchami  6280x1590x220 mm ga teng. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish