Yor yurgan ko ‘chalarni,
Supuray sochim bilan.
Chang chiqsa suv sepay,
Ko ‘zdagi yoshim bilan.
2. Murojaat qo‘shiqlari. Bunday qo‘shiqlarda qahramonning
so‘zlari kimgadir - sevgilisi, yaqinlari yoki boshqa bir kimsaga mu
rojaat tarzda boiadi.
Otma meni toshlar bilan,
Uchib ketay qushlar bilan.
Qushlar qaytsa, men qaytmasam,
Ko ‘zing to ‘Isin yoshlar bilan.
3. Aytishuv qo‘shiqlarining eng go‘zal namunasi o ia n va
laparlardir. Ularda qiz va yigit juft boiib yoxud tarafma-taraf boiib,
aytushuvda o‘zaro musobaqalashadilar.
Yigit:
Kakang keldi deganda, kakang keldi, yor-yor.
Xo 'rozlarning ichida, dakang keldi, yor-yor.
Qiziq-qiziq o ‘landan ayt oxnn qiz, yor-yor,
Tarap bo ‘lib aytmoqqa akang keldi, yor-yor.
Do'stlaringiz bilan baham: |