Folklorshunoslikka


Rivoyat  -   og‘zaki  tarada  aytib  beriluvchi  hikoya.  Yuzaga



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

Rivoyat  -   og‘zaki  tarada  aytib  beriluvchi  hikoya.  Yuzaga 
kelishi  va  tarixiy  asoslari  juda  qadimiy  folklor,  NMM  namu- 
nalaridan  biri,  O'tmishda  b o iib   o ig a n   tarixiy  hodisa yoki  kech- 
mish voqeani  badiiy to‘qima vositasida tasvirlovchi,  hajman qisqa. 
an’anaviy shaklga ega boim agan asar.
Rivoyatlar  ertak  yoxud  doston  kabi  qat’iy,  an’anaviy  uslubiy 
shaklga  ega  boimaydi.  Shuning  uchun  rivoyatlarni  maxsus  ijrochi 
emas,  istagan  odam  hikoya  qilib  berishi  mumkin.  Odatda,  rivoyat­
lar oddiy bir hikoyaehi bayonidan boshlanib, ogizdan-ogizga o‘tish 
jarayonida  erkin  tarzda talqin  qilinadi  va  xuddi  shu  narsa  ulaming 
og'zaki  ijodga  xos  boigan  asosiy  xususiyatlaridan  biri-variantlili- 
gini ta’minlaydi.
Afsona va rivoyatda tarixiy  voqelik fantastika  libosida boiadi. 
Ular  o‘z  shakliga ko‘ra  sehrli  ertaklarga yaqin turadi.  Rivoyat bi- 
lan  afsona  o ‘xshash  b o isa   ham  o ‘zaro  farqlarga  egadir.  Rivoyat- 
larda afsonaga nisbatan tarixiylik ustun turadi. Aksincha, afso-nalar 
rivoyatlarga  nisbatan  fantastik  bo‘yoq  va  diniy  elementlarga  boy 
boiadi.  To‘maris  va  Shiroq  haqidagi  rivoyat  bunga  raisol  b o ia  
oladi.
Rivoyatlar g‘oyaviy va  mavzu koiam i  jihatdan rang-barangdir. 
Rivoyatlar,  odatda,  ixcham syujetga ega boiib,  ikki,  uch epizoddan 
iborat voqelikdan tashkil topadi va qat’iy kompozitsiyaga ega emas. 
Shuning  uchun  syujet  voqealari,  ko‘pincha,  go‘yo  tugallanmagan- 
dek, davomi bordek seziladi va tinglovchiga katta asardan uzib olin- 
gan bir lavha singari tuyuladi.
Rivoyatlarda tarixiy voqea va shaxslar bilan bogiiq  boigan vo- 
qealar,  kishilar hayoti,  geografik makon -  tog‘,  dengiz,  k o i,  sahro, 
shahar, qishloq, qal’a, saroy va hokazolarning  paydo  boiishi yoxud 
tanazzulga yuz tutishi  haqida hikoya qilinadi.  Binobarin,  rivoyatlar 
u  yoki  bu  voqea  haqida  xabar  berishi  va  uni  tasdiqlash  vazifasini 
oiaydi. Rivoyatlarda milliylik va umuminsoniylik ulugianib, inson- 
parvarlik,  ezgulik,  yaxshilik tushunchalari  vahshiylik,  yovuzlik va 
yomon illatlarga qarama-qarshi qo'yiladi.
148
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rivoyatlar  tematikasiga  ko'ra  tarixiy  va  toponimik  rivoyatga 
boiinadi.
Tarixiy  rivoyatlar  biror  shaxs  faoliyati  yoki  xalq  qahramon- 
lari  bilan bogiiq  boigan voqealarni  aks  ettirib,  axloq va odobning 
ideal  normalarini  tashviq  etadi.  To£maris,  Shiroq,  Alisher  Navoiy, 
Ulug‘bek,  Ibn  Sino, Beruniy  singari tarixiy shaxslar haqida yaratil- 
gan rivoyatlar shular jumlasidandir.
Tarixiy rivoyatlarni u yoki  bu tarixiy  shaxs yoki voqealar guvohi 
boiganlarning,  ko‘rgan-bilganlarning  esdaliklari  asosida  yuzaga 
kelgan,  deyish  mumkin.  Bu  narsa  rivoyat janrining  o‘ziga  xos  xu- 
susiyatini  belgilaydi.  Ba’zi  tarixiy  rivoyatlarda  esa faktik voqealar- 
dan  asar  ham  qolmay,  faqat  shaxs  nomigina  saqlanib  qolishi  ham 
mumkin.  Ba’zan  esa tarixiy  shaxs  sayyor  syujetlar  qolipida  hikoya 
qilinadi.  Shunga qaramay tarixiy shaxslarning ishtirok etishi, syujet- 
da badiiy  to‘qimaning  mavjudligiga qarab,  bunday  asarlarni tarixiy 
rivoyaí deyish mumkin bo‘ladi.
Toponimik rivoyatlarda shahar, qishloq, qo‘rg‘on, saroy, maqbara- 
lar nomi hamda ularning yuzaga kelish sabablari bilan bogiiq voqea­
lar hikoya qilinadi.  Toponimik rivoyatlar xotimasida,  odatda, ushbu 
hikoyadan  maqsad  ta’kidlanadi  va  muayyan  fakt  izohlanadi  (mas, 
«To‘rabek  xonim  maqbarasi»,  «Anda  jon  qildi»,  «Odinajonim», 
«Qo‘ng‘irot» va b.).
Rivoyatlar og‘zaki  ijod namunasi  boigani  uchun,  bizgacha aso- 
san og‘zaki hamda qisman yozma shaklda yetib kelgan. Geredotning 
«Tarix»,  Vosifiyning  «Badoye’  ul  vaqoye’»,  Xondamiming  «Ma- 
korim  ul-axloq»  va boshqa asarlarda  rivoyatlaming  qadimiy  namu- 
nalari  keltirilgan.  0 ‘zbekistonda juda ko‘p  rivoyatlar yozib olingan 
va  ular  xalq  tarixi  hamda  madaniy-estetik  qarashlarini  o‘rganishda 
muhim  manba  boiib  xizmat  qiladi.  0 ‘zbek  xalq  rivoyatlarining 
yozib olingan ko'plab namunalari  bugungi kunga qadar folklor ada- 
biyotlar arxivida saqalandi.

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish