Folklorshunoslikka


  Каримов  И.А.  Озод  ва  обод  Ватан,  эркин  ва  фаровон  хает  -  пировард



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

15  Каримов  И.А.  Озод  ва  обод  Ватан,  эркин  ва  фаровон  хает  -  пировард 
максадимиз. -  Тошкент: Узбекистон,  2000.  25-бет.
133
www.ziyouz.com kutubxonasi


nashr  ettirildi.  «Alpomish»  dostoni  yaratilganligining  1000  yilligi 
keng  nishonlanishi  munosabati  bilan  professor T.Mirzayev  bu  dos- 
tonning  Berdi  baxshi,  Poikan  va  Ergash  Jumanbulbul  o‘g‘li,  Bek- 
murod  Jo'raboy  o‘g ‘li,  Saidmurod  Panoh  o ‘g ii  variantlarini  1999 
-yilda alohida  kitoblar holida to‘la nashr ettirdi.  U  folklorshunoslik 
amaliyotida  birinchi  marotaba  «Alpomish»  dostoni  Fozil  YoTdosh 
o ‘g‘li  variantining  matni,  rus  tiliga  qilingan  ilmiy-adabiy  tarjimasi 
bilan birgalikda akademik nashrga tayyorlab, chop ettirdi.
Folklor  bo‘limi  xodimlarining  xorijiy  mamlakatlardagi  ilmiy 
markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy aloqalari ham yaxshi sa­
mara bermoqda.  Ayniqsa,  Germaniyadagi  Bonn universiteti  profes- 
sori Karl Rayxelning Folklor  boTimi bilan ijodiy  aloqalari samarasi 
o ‘laroq  bir  qator  o ‘zbek  xalq  ertaklari  va.  «Alpomish»  dostoni- 
ning nemis tiliga qilingan tarjimasi nashrdan chiqdi. Alisher Navoiy 
haqidagi  o‘zbek  xalq  tarixiy  rivoyatlarining  M.Jo‘rayev  nashrga 
tayyorlagan  majmuasi  1996-yilda  Bokuda  ozarbayjon  tilida  chop 
etildi. Folklor bo‘limida o‘z ilmiy malakasini oshirgan Filiz Qirbosh 
o‘g‘li (Turkiya) «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonini, Selami Fidokor 
(Turkiya)  esa  «Rustamxon»  va «Erali  va  Sherali»  dostonlarini  turk 
tiliga tarjima qilib,  nashr ettirdi.  Shuningdek. Turkiyada ham  «Alpo­
mish» dostoni bosilib chiqdi, Yapon olimi Xerokining «Turkiy xalqlar 
qahramonlik eposi»  kitobi  (2002) Tokioda,  Karl Rayxelning  «Turkiy 
xalqlar eposi»  kitobi  (2002) Anqarada bosilib chiqdi. 2007-yilda pro­
fessor T.Mirzayev hamda J.Eshonqul tomonidan nashrga tayyorlangan 
«Oychinor», «Erali va Sherali» dostonlari Turkiyada chop ettirildi.
0 ‘zbek xalq  maqollarini  to‘plash  va uning  eng  mukammal  maj- 
muasini yaratish borasidagi  ishlar uzluksiz davom ettirildi.  Natijada 
2005-2006-yillarda T.Mirzayev,  B.Sarimsoqov, A.Musaqulovlar to­
monidan  nashrga  tayyorlangan  « 0 ‘zbek  xalq  maqollari»ning  kirill 
va  lotin  alifbosidagi  nashri  «Sharq»  nasliriyot-matbaa  konsernida 
bosmadan chiqarildi.
1999-yilda Termiz shahrida  «Alpomish»  dostoni  va uning jahon 
xalqlari epik ijodiyotida tutgan o‘rni»  mavzuidagi  xalqaro  ilmiy  an-
134
www.ziyouz.com kutubxonasi


juman o'tkazildi.  ilmiy konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ing- 
liz  tiliarida  bosmadan  chiqariidi.  0 ‘sha  yili  «Alpomish»  dostoniga 
bag‘ishlangan  eng  yaxshi  tadqiqotlarning  natijalari  «Fan»  nashri- 
yotida chop ettirilgan «Alpomish» -  o'zbek xalq qahramonlik eposi» 
nomli ilmiy to‘plamda o‘z aksini topdi.
0 ‘zbek folkiorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari:  o‘zbek 
folklori  materiallarini  izchil  to'plash  maqsadida  atoqli  alloma
H.Zarifov asos solgan ilmiy ekspeditsiya ishini yanada kengroq qam- 
rovda  o‘tkazish  va  uning  muntazamligini  ta'minlash;  H.Zarifov 
nomli 0 ‘zbek folklori arxivi materiallarini to ia  ilmiy tavsif qilish va 
kataloglashtirishni amalga oshirish; folklorshunos olimlar tomonidan 
qariyb 80 yil mobaynida to‘plangan arxiv materiallari va kelgusidagi 
ilmiy ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan folklor namunalari 
asosida  « 0 ‘zbek folklori  yodgorliklari»  100 jildlik  akademik nash- 
rini tayyorlash; folklor asarlarining ilmiy, ilmiy-ommabop va omma- 
bop nashrlarini tayyorlab,  lotin yozuvida chop ettirish;  o‘zbek folk­
lori janrlarining  tarixiy  asoslari,  tipologiyasi  va  poetikasini  dunyo 
folkloristikasining ustuvor ilmiy metodlari  asosida tadqiq etish; oliy 
o‘quv yurtlari talabalari uchun xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti bo‘yicha 
yangi darslik va qo'llanmalar yaratishdan iboratdir.

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish