12 Алпомиш. Узбек халк; кахрамонлик эпоси. Нашрга тайёрловчи
Т. Мирзаев. —Тошкент: Фан, 1999, 144-145 б.
107
www.ziyouz.com kutubxonasi
Doston syujetining keyingi «taqdiri» ana shu tush motivi bilan be-
vosita bogiiqki, agar Alpomish, Barchin va Qorajon ana shu tushni
ko‘rmaganlarida, Qorajon Alpomish bilan do‘st tutinmagan va vo-
qealar tizimi boshqacha rivojlangan, bu esa syujet o ‘zgarishiga olib
kelgan boiardi. Bu holat barcha variant va versiyalarning ichida eng
mukammali hisoblangan Fozil Yoidosh o‘g‘li variantining badiiya-
tiga ham salbiy ta’sir qilmay qolmasdi.
Epik ijodda m otivlar hamisha rang-barang b o ia d i. Shuning
uchun ham syujetda har bir motiv o‘ziga xos «yuk»ka ega. Motivlar-
ning o'zaro bir-biriga bogiiqligi, syujetdagi barqarorligi doimo ham
bir xil boiavermaydi. Shuning uchun ulami ikki yo‘nalishda olib qa-
rash mumkin. Birinchisi, biror bir motivlaming tushib qolishi yoki
o‘zgarishi syujetda ham tub o‘zgarish boiishiga olib keluvchi barqa-
ror motivlar. B unday motivlar asar strukturasida mustahkam o ‘ringa
ega boiadi. Ikkinchisi, motivlar o‘zgarishi hech qanday syujetning
o‘zgarishiga olib kelmaydi. Bunday motivlar boshqa bir motiv bilan
almashtirish mumkin boigan nobarqaror motivlardir.
Fozil Yoidosh o‘g i i variantidagi tush motivi barqaror motivlarga
taalluqli boiib, bu motivning o ‘zgarishi boshqa motivlaming ham
o ‘zgarishiga olib keladi. Biroq shu dostonning P o ik an va Ergash
Jumanbulbul o ‘g i i variantidagi voqea yakunida kelgan tush motivi-
ning o‘zgarishi yoxud tushib qolishi syujetda aytarli darajada katta
o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Shuning uchun ham unga nobarqaror
motiv namunasi sifatida qarashimiz mumkin.
Barqaror motivlar ham hamisha harakatda, ichki o‘zgarishlarga
moyilekanligini ham unutmaslikkerak.Misol uchun, «Kuntug‘mush»,
«Rustamxon», «Go‘rotgiining oiim i» kabi dostonlarda ham tush
barqaror motiv b o iib keladi. Lekin «Kuntug‘mish» dostonida u
safar, «Rustamxon»da uylanish, «Go‘ro‘giining oiim i»da o iim
motivi bilan b o g iiq holda keladiki, bu bogiiqlik vaziyatga qarab
o‘zgarishi mumkin. «Kuntug‘mish»da qahramon tushida yorini,
«Rustamxon»da ona o‘z qizini, «Go‘ro‘giining oiim i»da Go‘ro‘g ii
o‘z pirini tushida ko‘radi. Barqaror motivdagi ana shu kichik ichki
108
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘zgarish keyingi raotivga ta’sir qiladi, shu sababli keyingi motiv ana
shu o‘zgarishga qarab belgilanadi.
M O TIV (fr. motif - kuy, ohang so‘zidan) - syujet tarkibidagi,
uni yuzaga keltiruvchi asosiy halqalardan biri. Motivlar o‘zaro bir-
lashib syujetni yuzaga keltiradi. Motiv termini xalq og‘zaki ijodida,
xususan, doston, ertak kabi katta epik janrlami o‘rganishda ishlati-
ladi. Qahramonning g‘ayritabiiy tugilishi, personajning ovga yoki
safarga chiqishi, uning qahramonlik uyqusiga ketishi tush motivlari
shular jumlasidandir. Rus folkloristikasida A.N. Veselovekiy,
V.M. Jirmunskiy, V. P. Propp, E. Pomeranseva. B. N. Putilov; o‘zbek
folkloristikasida prof. H. T. Zarifov, M. Afzalov kabi tadqiqotchilar-
ning ishlarida motiv termini keng qoilanilgan. Hatto rus folkloristi
V. Y.Propp o'zining «Ertaklar morfologiyasi» nomli asarida ertak
syujetining tuzilishi, uning tarkibidagi motivlar va ulaming birikish
tiplarini maxsus tahlil qilib, umumjahon ertakshunosligida syujet-
lami o‘rganishning eng qulay yoiini ko‘rsatib beradi.
Adabiyotshunoslikda motiv termini asaming asosiy mavzu va
g‘oyasini toidirishga xizmat qiluvehi qo‘shimcha mavzuni g‘oyaviy
liniyaga nisbatan qoilaniladi.
SYUJET (fransuzcha — predmet, mazmun, narsa) — badiiy
asar mazmunini taslikil etadigan, bir-biri bilan o‘zaro bogiiqlikda
kecha-digan, qahramonlar o‘rtasidagi aloqalardan tarkib topgan vo-
qealar tizimi. Syujet motiv bilan chambarchas bogiiq. Badiiy asar-
larda motivlar birlashib, syujetni yuzaga keltiradi. Shu ma’noda
syujetni motivlaming ilgarilama harakati deyish mumkin. Misol uchun,
«Alpmish» dostoni an’anaviy befarzandlik motivi bilan boshlanadi.
So‘ngra farzandning tug‘ilishi, unga ism qo‘yish, sinov, safar, uyla-
nish, o iim , uyga qaytish motivlari bilan bogianib, doston syujetini
yuzaga keltiradi. Shuning bilan bir qatorda syujet badiiy asardagi
xarakter bilan ham uzviy bogiiq boiib, badiiy ijodda muhim o‘rin
tutadi. Syujet badiiy adabiyotning barcha turlari va janrlarida mav-
jud. Syujet personajlar harakati tufayli shakllanadi. U she’riy asarda,
ayniqsa, kichik she’riy asarlarda, prozaik asarlarga qaraganda yashi-
109
www.ziyouz.com kutubxonasi
rinroq boiadi. Har bir adabiy turda syujet o‘ziga xos xarakterga ega.
Ko‘pgina lirik asarlarda ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan syujet
tizimi yo‘q. Ulardagi his-tuyg‘u, o‘y-kechinrnalar rivoji qaysidir
m a’noda lirik asar syujetini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar
syujetlilik urnuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi.
Chunki lirik asarda voqealar tizimi boim asligi ham mumkin. Ayni
chog‘da, syujet faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.
Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining o ‘zaro rnunosa-
batiga ko‘ra, syujet asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (vo-
qeaband boim agan) turlarga boiinadi. Xronikal syujetda voqealar
orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi. Konsentrik syujetda esa
asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahami-
yat kasb etadi. Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi syujetlarning
har ikki turi uyg‘unligidan tarkib topgan shakli ko‘proq uchraydi.
Badiiy asar Syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok eta-
digan qahramonlar masalasiga bevosita bogiiq. Chunki syujet aso-
sidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muhimi, haqiqiy
badiiy asarlarda awalo qahramonlar o‘z dardi-dunyosi bilan namoyon
boiadi.
Badiiy asar syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulmi-
natsiya, yechim singari bir qator unsurlardan tarkib topadi. Masa-
lan, «Rustamxon» dostonida Rustamning Ajdarni yengish epizodi
asaming kulminatsion nuqtasi sanaladi. So‘ngra voqealar yechimi
keladi. Badiiy asarda syujet unsurlari ba'zan turlicha hajm va turli-
cha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozi
tsiya yoki yechim singari syujet unsurlari boim asligi ham mumkin.
Bu aslo kamchilik emas, aksincha, o‘quvchini badiiy tafakkurga
chorlaydi, tasawurini kengaytiradi. Ba’zi adabiyotshunoslar prolog
(muqaddima) va epilog (xotima) larni ham syujet element sifatida
ko‘rsatadilar. Syujet kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tu-
shunchalar bilan ham mustahkam bogiangan.
SYUJET TUGUNI - badiiy asarlarda voqea va qahramonlar
o‘rtasidagi ziddiyatlaming boshlanishi. Misol uchun, «Kenja botir»
110
www.ziyouz.com kutubxonasi
ertagida podsho bog‘ida olma daraxtidan olmaning o‘g'irlanishi
boshlanishi boisa, aka-ukalarning safarga otlanishi syujet tugunidir.
SYUJET CH IZIGi - badiiy ijodga taalluqli atama. Epik ham-
da lirik-epik asarlardagi voqealaming m aium tartibda, ketma-ket
mantiqiy bogianishdagi joylashishi. Badiiy asardagi syujet chizig‘i
bevosita asaming kompozitsiyasiga aloqador masalalardan biri-
dir. Asardagi voqealar bir-biri bilan sabab-oqibat munosabatida
bogiangan boiib, uiar ijodkor g‘oyasini, maqsadini ifodaiaydigan,
ro‘yobga chiqaradigan tarzda joylashgan boiadi. Asarning syujet
chizig'ida har bir detal, har bir epizod biror vazifa bajarishi lozim,
ya’ni syujet chizig‘idagi har bir epizod asar voqealarining mantiqiy
talabi zarurati tufayli kiritilgan boiishi kerak. Ko‘p planli badiiy
asarda esa asosiy syujet chizigi bilan bir qatorda yordamchi syu
jet chiziqlar ham mavjud boiadi. Yordamchi syujet chiziqlari asar
ning asosiy syujet chizigini biror tomondan toidiradi. Masalan,
«Rustamxon» dostonida befarzand podshoning farzandli boiishi
dostonning asosiy syujet chizigini tashkil etsa, undagi Rustamni
o ‘qitgan mulla bilan bogiiq tavsirlar yordamchi syujet chizigini
tashkil etadi. Syujet chizigi badiiy asar konflikti va uning hal etilishi
asosida yotuvchi voqealami qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |