180
jild)» asarida bu doston tilga olingan va Balx qamali qismidan parcha berilgan va shundan keyin
ilmiy istifodaga kiritilgan. Bu asarning 1915 yilda Muhammad Said Mirzaahmad Buxoriy
tomonidan ko‘chirilgan nusxa asosida Xurshid (Sh.Sharafiddinov) nashrga tayyorlagan va 1959
y.da nashr etilgan. So‘ngra R.Sharafutdinova asarni qayta nashrga tayyorlab, 1986 yilda «Uch
bulbul gulshani» to‘plamida nashr ettirgan.
Asar muqaddas kitoblarda aytilgan “Qissayi Yusuf” asosida yaratilgan, bu syujet turkiy
adabiyotda ilk marta Qul Ali tomonidan yozilgan va tatar olimi Xisamov tomonidan nashr
qilingan. Bu syujet keyinchalik forsiy adabiyotda Jomiy, turkiy adabiyotda Andalib tomonidan
davom ettirilgan.
3. Mahmud Ibn Ali Kordariy (XV asr).
«Nahju-l-farodis»
Asarning muallifi Mahmud ibn Ali Oltin O‘rda poytaxti Saroy shahrida yashagani
uning taxallusidan ma’lum bo‘ladi.
Saroyining hayoti, ijodi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar ozircha ma’lum emas.
Undan birgina asar “Nahj–ul–farodis” (Jannatlarning ochiq yo‘li) bizgacha yetib kelgan.
Bu asar hijriy 761 ( milod. 1360) yilning bahorida yozib tugatilgan. Shuningdek, muallif
kitobni tugatgandan keyin oradan ikki kun o‘tgach, “dorulfanodan dorulbaqoga rixlat
qilgani”, bu kitobdan ko‘p allomalar foydalanganlari kitob so‘ngida bayon qilingan.
“Nahj–ul–farodis” to‘rt bobdan va har bir bob bir necha fasllardan iborat. Asar
“Qisas–ul–anbiyo” guruhidagi asarlarga mansub bo‘lsa–da, Payg‘ambarlar tarixi bayonida
rivoyat va afsonalar emas, balki tarixiy voqealar asosiy o‘rin egallaydi. Qolaversa, “Nahj–
ul–farodis”ni yozishda muallif turli ishonchli manbalarga tayangani uchun ham asarga
ko‘p allomalar murojaat etganlar.
Birinchi bobda as–Saroyi Payѓambar a.s.ning tarixini boshdan –oxirigacha bayon
qilmaydi, balki uning hayotidagi eng muhim nuqtalarga e’tibor qaratadi. Jumladan, Xudoyi
Taolo unga Payg‘ambarlik sifatini ato qilgani, musulmonlikni ilk bor qabul qilganlar —
Abu Bakr, Xadicha, Ali va Zayd to‘ѓrisidagi voqealar, Payѓambar a.s.ning Makkadan
Madinaga borishi, uning mo‘’jizalari va b. shular jumlasidandir.
Xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali va to‘rtala imom — imomi A’zam, imom
Shafe’, imom Malik, imom Ahmad va “ahli bayt” — Fotima, Hasan va Husaynga oid
voqealar ikkinchi bobda bayon qilingan.
Uchinchi bob — Haq taolo tomonidan yuborilgan amallar bayoniga, to‘rinchi bob
— yovuz amallar va ularning oqibatlariga baѓishlangan.
Garchi muallif asarni to‘rt bobga bo‘lgan bo‘lsa ham, Payg‘ambar a.s.ning
faoliyati, ta’limoti butun asar davomida bo‘rtib ko‘rinadi.
Nashr qilingan manba: Nehsu’l-feradis. Uchmahlarning achuq yoli (Cennetlerin acik
yolu). II Metin. Cevriyazi: Janos Eckmann. Turk Dil Kurumi Yayinlari: 518.
Ilmiy adabiyot: 1. Sihab’D-Din Marsani. Kitabu mustafadi’l-ahbar fi ahwali Qazan wa
Bulgar, cild I. Kazan, 1885. –S.15-16; 2. Ahmed Zeki Velidi (Togan). Harezm’de Yazilmis Eski
Turkce Eserler // Turkiyat Mecmuasi II, 1926/ - Istanbul: 1928. –S.331-345; 3.Kivamettin
Burslan. Nehcu’l-feradis’ten Derlenen Turkce Sozler // Turkiyat Mecmuasi IV, 1934, - Istanbul:
1934. –S.169-250; 4.Ali Fehmi Karamanlioglu. Nehcu’l-feradis’e Dair”. // Turk Dili IV, sayi 45.
–Ankara: TDK, 1955. –S.556-558; 5.Ali Fehmi Karamanlioglu. Nehcu’l-feradis’in Dil
Hususiyetleri, I—IV. // Turk Dili ve Edebiyati Dergisi, XVI –Istanbul: 1968. –S.55-72; XVII –
1969. –S.33-56; 57-80; XIX – 1971. –S.145-170; 6.Janos Eckmann. Nehcu’l-feradis’in
Bilinmeyen Bir Yazmasi // Turk Dili Arastirmalari Yilligi, Belleten 1963. – Ankara: TDK, 1964.
–S. 157-159.
Do'stlaringiz bilan baham: