116
Avtomobilda yuk tashish xavfsizligini ta`minlash masalalari yuzasidan
normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Transport
vositalari
va
transportda
ko`rsatiladigan
hizmatlar
sertifikatlashtirilishini amalga
oshirilishini;
Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risidagi qonun hujjatlariga avtomobil
transportiada rioya etilishi ustidan nazorat olib borish;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalag oshirish.
O`zbekiston avtomobil yo`llari qurilish va ulardan foydalanish davlat-
aktsiyadorlik kontsernining yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasidagi
vakolatlari:
O`z tasarrufidagi avtomobil yo`llaridan transport vositalarining xavfsiz
qatnovi uchun bu yo`llarning soz holatda saqlanishini ta`minlash;
Yo`l
harakati
qatnashchilarini
yo`l
qoplamasining
holati,
gidrometeorologiyaga oid va boshqa sharoitlar to`g`risida zarur ahborot bilan
ta`minlash;
Avtomobil yo`llarida yo`l harakatini boshqarish vositalari, tezkor aloqa tizimi
qurilishi va jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta`minlash;
Avtomobil yo`llarining qatnovi uchun hatarli joylarini aniqlash va bu
joylarda yo`l harakatini tashkil etishni takomillashtirish choralarini ko`rish;
Og`ir vaznli, yirik o`lchamli, havfli va mahsus yuklarni tashuvchi transport
vositalarining qatnov yo`nalishlarini belgilashda ishtirok etish, shuningdek, yo`l
hizmati ko`rsatish obektlari joylashuviga
rozilik berish;
Qonuniy hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlar harakat xavfsizligi
nazorati yo`l harakat xavfsizligini ta`minlash sohasidagi vakolatlari:
Yo`l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish;
Yo`l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, yo`l harakati qoidalariga
hamda boshqa qonun hujjatlarining yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga oid
qismiga rioya etishi ustidan nazorat olib boorish;
117
Jamoat transportining, shuningdek og`ir vaznli, yirik o`lchamli, havfli va
mahsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo`nalishlarini belgilashda
ishtirok etish;
Yo`llarni, temir yo`l kesishuvi joylarini, avtomobil yoqilg`isi quyish
tarmoqlarini, transport vositalarining konstruktsiyalarini qurish, rekonstruktsiya
qilish loyihalariga rozilik berish;
Foydalanishdagi transport vositalarining tehnik holati ustidan nazorat olib
borish, transport vositalarinig tehnik ko`rigini o`tkazish;
Yo`llar va temir yo`ldan o`tish joylarining saqlanishi, ularning yo`l harakati
boshqarish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazorat olib borish;
Yo`l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq
bo`lmagan yo`llar va temir yo`l kesishuvi joylaridan foydalanishni ta`qiqlash;
Transport vositalari, yo`l harakati qoidalarining buzilishi hollari va yo`l-
transport hodisalari hisobini va ro`yhatini yuritish;
Transport vositalarini boshqarish xuquqiga doir
guvohnomalar berish;
Qonuniy hujjatlarga muvofiq uning vakolat doirasiga berilgan ma`muriy
xuquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rish;
Qonuniy hyjjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: