O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik fakulteti



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/147
Sana02.08.2021
Hajmi5,14 Mb.
#136361
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147
Bog'liq
yol harakati qoidalari

Harakatlanish  bo`lagi  –  avtomobillarning  bir  qator  bo`lib  harakatlanishi 
uchun  kengligi  etarlicha  bo`lgan,  yo`l  chiziqlari  bilan  belgilangan  yoki 
belgilanmagan yo`l qatnov qismining har qanday bo`ylama bo`lagi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
13 
3. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari. 
 
3.1. Mexanik transport vositasining haydovchisi: 
Haydovchilik  guvohnomasi  va  uning  tallonini  yoki  transport  vositasini 
vaqtinchalik  boshqarish  xuquqini  beruvchi  tallonni,  haydovchilik  guvohnomasi 
belgilangan  tartibda  olib  qo`yilgan  bo`lsa,  uning  tallonini,  haydovchilik 
guvohnomasi va uning talloni olib qo`yilgan hollarda vaqtinchalik ruxsatnomani; 
Vaqtinchalik  boshqarish  huquqini  beruvchi  talon  yoki  vaqtinchalik 
ruxsatnoma  bilan  transport  vositasini  boshqarishda  esa  haydovchining  shahsini 
tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti va h.k.) 
Transport  vositasi  ro`yxatdan  o`tkazilgani  xaqidagi  xujjatni,  transport 
vositasining  egasi  bo`lmagan  xollarda  esa  umumiy  egalik  xuquqini  beruvchi, 
tasarrufga  yoki  foydalanishga  berilganligini  tasdiqlovchi  hujjatni,  belgilangan 
hollarda  yo`l  varaqasi  va  tashilayotgan  yukning  hujjatlarini  yonida  olib  yurish, 
militsiya hodimlari talab qilganda tekshirish uchun berishi shartdir. 
3.2. Tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lgan shahs o`ziga 
qarashli  bo`lmagan  transport  vositasini,  uning  egasi,  yohud  tasarrufga  yoki 
foydalanishga  berilganligini  tasdiqlovchi  hujjatlari  bo`lgan  shahs  ishtirokidagina 
(ularning roziligi bilan) boshqarish mumkin. 
3.3 Mototsiklda harakatlanayotganda haydovchi maxsus bosh kiyimini kiyib 
olishi, tugmalashi, yo`lovchilar ham maxsus bosh kiyimini kiygan va u tugmalangan 
holda bo`lishi shart. 
3.4. Xalqaro yo`llardagi harakatlanishda ishtirok etayotgan mexanik transport 
vositasi  haydovchisining  yonida  “Yo`l  harakati  xaqidagi”  Konventsiya  talablariga 
mos  keladigan  haydovchilik  guvohnomasi  va  transport  vositasining  ro`yhatdan 
o`tganligi  xaqidagi  hujjat,  transport  vositasida  esa  ro`yhatdan  o`tgan  davlatning 
raqamli va taniqlik belgisi bo`lishi shart. 
3.5. Transport vositasi haydovchisi quyidagilarga amal qilishga majburdir: 
Harakatlanishdan  oldin  transport  vositasining  texnik  sozligini,  tozaligini  va 
to`liq jihozlanganligini tekshirishi; 
Harakatlanish  vaqtida  transport  vositasining  texnik  holatini  soz  holda 
bo`lishini ta`minlashi; 


 
14 
Harakatlanishni  boshlashdan  oldin  yo`lovchilarning  transport  vositasiga 
to`liq chiqib joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, 
yo`lovchilar  tashish  uchun  maxsus  jihozlangan  yuk  avtomobillarida  yo`lovchilar 
tashiyotganda  ushbu  qoidalarning  6.2.bandi  talablari  bajarilganligiga  ishonch  hosil 
qilishi; 
Harakatlanish  davrida  piyodalar,  ayniqsa  bolalar,  nogironlar,  qariyalarga  va 
velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishi; 
Militsiya  hodimlarining  talabiga  ko`ra  mastlik  holatini  aniqlovchi  maxsus 
tekshiruvdan o`tishi; 
Yo`l-transport  hodisasi  tufayli  shikastlangan  transport  vositasini  shatakka 
olish  (faqat  yuk  avtomobilida),  shuningdek  kechiktirib  bo`lmaydigan  hizmat 
vazifalarini  bajarish  zarurati  tug`ilgan  hollarda  militsiya  hodimlariga,  yo`lakay 
yo`nalishda tibbiy yordam ko`rsatishga ketayotgan tibbiyot hodimlariga, zudlik bilan 
tibbiy  yordamga  muhtoj  bo`lgan  fuqarolarni  davolash  muassasasiga  olib  borish 
uchun  tibbiyot  va  militsiya  hodimlariga  militsiyaning  shtatdan  tashqari  hodimlariga 
va jamoatchi avtonazoratchilarga transport vositasidan foydalanishga imkon beradi.  
Eslatma:  tibbiy  hizmatlar  uchun  transport  vositasidan  foydalanishga  imkon 
berishdan boshqa holler fuqarolarga tegishli transport vositalariga taalluqli emas. 
Transport  vositasidan  foydalangan  shaxs  haydovchi  talab  qilganda  yo`l 
varaqasiga  yurilgan  vaqtni,  bosib  o`tilgan  masofani,  o`z  ismi-sharifi,  mansabi,  ish 
joyi  nomini,  yo`l  varaqasi  bo`lmagan  taqdirda  tegishli  na`munadagi  ma`lumotnoma 
yozib berishi lozim. 
Transport  vositalarini  tekshirish  yoki  undan  foydalanish  xuquqiga  ega 
bo`lgan shaxs haydovchining talabiga muvofiq o`z xizmat guvohnomasini ko`rsatishi 
shart. 
3.6. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: 
Transport  vositasini  har  qanday  mastlik  (alkogol,  giyohvand  modda  va 
boshqalar) holatida, sezgirlik va etiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta`sirida, yo`l 
harakati  xavfsizligiga  tahdid  soladigan  darajadagi  charchoqlik  va  betoblikda 
boshqarish; 


 
15 
Har  qanday  mastlik  holatida,  sezgirlik  va  etiborni  susaytiradigan  dori-
darmonlar ta`sirida, yo`l harakati xavfsizliguga tahtid soladigan darajada charchoqlik 
va  betoblikda  bo`lgan,  shuningdek,  transport  vositasini  boshqarish  xuquqini 
beradigan  tegishli  toifadagi  guvohnomasi  bo`lmagan  yoki  yo`l  varaqasida  ismi-
sharifi ko`rsatilmagan shahslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish; 
Tehnik  nosoz  transport  vositasini,  moped,  motoroller  va  mototsikllarni 
tovush pasaytirgichsiz boshqarish; 
Transport  vositasining tormoz tizimi  yoki  boshqaruvi ishdan  chiqsa, ulagich 
moslamasi  (avtopoezd  tarkibida)  nosoz  bo`lsa,  qorong`i  vaqtida  yoki  etarlicha 
ko`rinmastlik  sharoitida  –  faralar  va  orqa  gabarit  chiroqlari  yonmasa,  yomg`ir,  qor 
yog`ayotgan  vaqtda  esa  haydovchi  tomonidagi  oyna  tozalagich  ishlamay  qolsa, 
bunday transport vositalarida harakatlanish taqiqlanadi. 
Eslatma:  ishchi  tormoz  yoki  boshqaruv  tizimi  sekin  harakatlanayotgan 
transport  vositasini  to`xtashi  yoki  manyovr  qilishiga  imkon  bermasa,  ular 
ishlamayotgan hisoblanadi;  
-  transport  vositalariga  tegishli  ruxsatsiz  maxsus  texnik  jihozlar  (ratsiya, 
sirena va h.k.) ni o`rnatish. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish