Ta’lim jarayonini boshqarish. Ko‘pgina pedagog-psixologlar ta’lim
jarayonini tahlil qilar ekanlar, uni yetarli darajada boshqarib bo‘lmaydigan jarayon
deb ta’kidlaydilar. Lekin uni butunlay boshqarib bo‘lmaydigan stixiyali ravishda
tartib topadigan jarayon deb atash noto‘g‘ri - bu hol aniq maqsadni ko‘zlab ta’lim
berish g‘oyasining o‘ziga zid bo‘lar edi. Biroq o‘qituvchi ta’limni tashkil etadi, unga
rahbarlik qiladi, uni amalga oshiradi va yo‘naltiradi, degan fakt ta’lim yetarli
darajada boshqariladigan va tartibga solinadigan jarayondir degan ma’noni
anglatmaydi, chunki biz boshqariladigan ta’lim deb, shunday ta’limni ayta olamizki,
bunda har bir bolaning harakatidagi har bir qadam nazorat qilinadi, o‘qituvchi har
bir o‘quvchining har bir bosqchida muayyan bilimlarni o‘zlashtirishi yoki muayyan
ko‘nikma va malakalar hosil qilishi haqida uzluksiz axborot olib turadi, yangi
material avvalgi materialni o‘zlashtirish xarakterga qarab taqdim qilinadi. Albatta,
o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish jarayonini va
aqliy rivojlanishning borishi har bir paytda, har bir o‘quvchiga nisbatan hamma
6
Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. -
Тошкент: Шарк, 1997. - Б. 31-60.
tafsilotni nazorat qilmaydi va nazorat qila olmaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar
tomonidan material qanday o‘zlashtirilayotgani haqida juda umumiy tasavvurgagina
ega bo‘ladi, o‘qitishda esa u odatda har kimning individual imkoniyatlarini emas,
balki o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchi ko‘zda tutadi. Mumkin bo‘lgan yo‘llardan biri-
o‘zlashtirish jarayonini berilgan topshiriqni o‘zlashtirish jarayoni sifatida maxsus
tashkil etishdir. Bu jihatdan ancha ishlangan tizim Rossiya psixologiya fanlari
doktori, professor Pyotr Yakovlevich Galperin(1902-1988)ning aqliy harakatlarini
etap bo‘yicha tarkib toptirish nazariyasiga asoslangan ta’lim toptirish nazariyasiga
asoslangan ta’lim tizimidir. Bu nazariya Rossiya psixologi Lev Semyonovich
Vigotskiy (1896-1934)ning takliflari asosida vujudga kelgan bo‘lib,
L.S.Vigotskiyning shogirdi pedagogika fanlari doktori, professor Aleksey
Nikolaevich Leontev (1903-1979) ning aqliy harakatlarini tarkib toptirish
jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tadqiqotlarida rivojlantirilgan mazkur
nazariya odamning psixik faoliyatini tarkib toptirishga oid umumiy nazariyaning
tarkibiy qismidir. Ana shu nazariyaga muvofiq, odamning anogenetik rivojlanishida
harakatlar interiorizatsiyasi degan jarayonlar, ya’ni tashqi harakatlarning sekin-asta
ichki, aqliy harakatlarga aylanish jarayonlari ro‘y beradi.
Ta’lim jarayonini boshqarishning boshqa imkoniyatlarini qidirish
dasturlashtirilgan (rejalashtirish) ta’limning psixologik asoslarini ishlab chiqish
bilan bog‘langan. Psixologik nuqtai-nazardan qaraganda, dasturlashtirilgan ta’lim
nima u odatdagi ta’limdan nima bilan farq qiladi? Buni tushunish uchun o‘quv
jarayonini uning qatnashchilari; ta’lim beradigan, bilimlarni yetkazadigan o‘quvchi
tomonidan sxematik tarzda tasavvur qilib ko‘rmoq kerak. O‘qituvchi bilan o‘quvchi,
ma’lumki o‘quv jarayonining ikki qismidir. O‘qituvchi tushuntiradi, isbotlaydi, dalil
keltiradi, chizadi, rasm soladi, tajriba qilib ko‘rsatadi. O‘quvchi ko‘radi, tinglaydi,
tushunishga, o‘zlashtirishga, esda olib qolishga harakat qiladi, fikr yuritadi,
umumlashtiradi. Buning ma’nosi shuki, «to‘g‘ri aloqa kanali» orqali axborot
sub’ektidan ob’ektga, o‘qituvchidan o‘quvchiga yetkaziladi. O‘qituvchi
o‘quvchining qanday ta’lim olayotgani haqida axborotga ega bo‘lmay turib, ko‘r-
ko‘rona ta’lim bera olmaydi.
Dasturlashtirilgan (rejalashtirish) ta’limda oddiy, an’anaviy ta’limning barcha
ana shu salbiy tomonlariga barham beriladi, dasturlashtirilgan ta’lim o‘quv
jarayonini domiy nazorat qilib turish va boshqarishni ta’minlaydi.
Dasturlashtirilgan ta’limning mohiyati uning mashinalashgan bo‘lishida
(texnika vositalarini qo‘llash holda) ham, shuningdek, mashinalashmagan bo‘lishida
ham emas.
Dasturlashtirilgan ta’lim o‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki,
bunda o‘rganayotgan o‘quvchi oldingi materialni egallab olmasdan turib
o‘zlashtirishda navbatdagi qadamni qo‘ya olmaydi.
Buning uchun o‘quv materiali qat’iy mantiqiy izchillikda joylashtirilgan kichik
qismlarga bo‘linadi.
Dasturlashtirilgan (rejalashtirish) ta’lim bilish faoliyatining har bir qadamini
haqiqatda nazorat qilishni ta’minlaydi va bu bilan o‘quv jaryonini to‘la-to‘kis
boshqarish imkonini beradi. Qaytarma aloqa hamma vaqt harakatda bo‘ladi va
o‘zlashtirishning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini
tartibga solib turish imkonini beradi.
Dasturlashtirilgan ta’lim o‘qituvchini chetlashtirmaydi, uning o‘quv jarayoniga
o‘tkazadigan ta’sirini pasaytirmaydi, balki uni qora, texnik ishlardan halos qiladi.
Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quv jarayonining borishiga faolroq ta’sir ko‘rsata
oladi, ta’limga individual yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi,
tarbiya jarayoniga ko‘proq e’tibor bera oladi, ko‘rsata oladi, ta’limga individual
yondoshishni muvaffaqiyatliroq amalga oshira oladi.
Boshqaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy potensial
imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib qo‘yadi.
Ta’limdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. Ulardan
birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning
shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirish. Ana shu maqsadlar boshqarishning
vazifalarini belgilab beradi. Demak, ta’lim jarayoni boshqarishning:
- birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyasi bo‘yicha
ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
- ikkinchi vazifasi-bevosita o‘quvchining qiziqish va talablarini qondirishga
yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir.
Shuningdek, bu vazifa o‘quvchilarning ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va o‘quv
jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga oladi. Afsuski, ko‘p
yillar davomida boshqarishning ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e’tibor
berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologiyadir. Bu vazifa
o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy-psixologik holat va
xususiyatlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Ta’lim jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni egallashlari
lozim:
1. Berilgan o‘quv topshiriqlarini bajarish uchun vositalar tanlash.
2. Topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish.
3. O‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar sifatini baholash.
4. O‘quv topshiriqlarini bajarilganligini tekshirish.
5. O‘z oldiga maqsad qo‘ya olish.
6.Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofiqligini ko‘ra olish.
O‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anaviy o‘qitish usuli–bunda
o‘qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlaydi va muammoni yechib beradi.
O‘quvchi esa masalani yechish yo‘llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi.
Bunda o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi.
Rivojlantiruvchi ta’lim o‘qitishning muammoli usulida o‘qituvchi
o‘quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi.
O‘quvchi esa muammoni tushunadi.
Uni yechish yo‘llarini qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o‘quvchi
tafakkurining mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi.
O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun o‘qituvchi
quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1. O‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda o‘quvchi faol harakat
qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi kashf etishi va muammoli
xarakterdagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2. O‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma’lumotlarni berishdan
qochish kerak.
3. O‘rganilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘lishi uchun ayni
shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim
ekanligini bilishi kerak.
4. Yangi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar
bilan bog‘liq bo‘lsa, u o‘quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‘ladi.
5. Haddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi. Berilayotgan
bilimlar o‘quvchining kuchi yetadigan darajada bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |